So’nggi yangiliklar

17:57Равшан Эрматов клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида энг кўп ўйинни бошқарган ҳакам бўлиб турибди  1 17:31"Шўртан" охирги бор Олмалиқда қачон ғалаба қозонган?  0 17:24Шавкат Саидов: "Бунёдкор" директори бўлишим? Бу нотўғри маълумот"  0 17:15Исроил ҳужуми туфайли Тареми жаҳон чемпионатига бора олмади  6 16:43"Реал" Асенсио билан шартномани узайтирди  1 16:20Ўзбекистонлик спорт психологи "Сантьяго Бернабеу"да "Master in Sport Psychology" дипломини олди  7 16:00Эшитдик-да! "Пахтакор"га қарши ўйиндан сўнг Илёс Зейтуллаев истеъфога чиқарилиши мумкин. Раҳбарият ҳам ўзгаради  11 15:46Турнир тубидагилар тўқнашуви: “Сўғдиёна” Навоийда тарих ёзадими?   0 15:12"Манчестер Юнайтед" Бундеслиганинг 100 млн евролик футболчисига қизиқмоқда  2 14:40Родриго АПЛга ўтишни рад этди  6 13:43Ана холос! Гасперини Довбикка чиқиш эшикларини кўрсатмоқда  10 13:10Тарих сизнинг қўлингизда – Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари имзолари қўйилган футбол тўпини ютиб олинг!  5 12:42Лондон клуби 70 млн фунтлик трансферни амалга оширишга тайёр  1 12:26Эшитдик-да! ЦСКА клубида ўзбекистонлик мураббий иш бошлашга яқин  0 11:51"Манчестер Сити" Грилишни 50 миллион фунтга сотмоқчи, аммо...  0

Umid Ahmadjonov O'zbekiston MTJ azolari bilan uchrashdi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov O'zbekiston MTJ azolari bilan uchrashdi

O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Ummonga qarshi o'yin oldidan O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari bilan uchrashdi.

Umid Ahmadjonov ertangi o'yin oldidan vakillarimizga omad tilab, O'zbekistonda barcha terma jamoaning g'alabalarini intiqlik bilan kutayotganini haqida gapirdi.
"O'zbekistonda barcha sizlarga ko'z tikib turibdi. Har kungi mashg'ulotlaringiz, tayyorgarlik jarayonlarini kuzatib bormoqdamiz. Ertaga chiroyli o'yin namoyish qilib, millionlab futbol muxlislarini, butun o'zbek xalqini xursand qilishingizni tilab qolamiz. O'z o'rnida O'zbekiston futbol associaciyasi Sizlarga barcha shart-sharoitlarni yaratib berishga tayyor. Bosh murabbiyning barcha talablarini bajarib kelyapmiz. Bundan bu yog'iga ham bajarimiz. Har bir g'alaba uchun O'FA tomonidan mukofot pullari ajratiladi. Lekin bu asosiysi emas. Asosiysi Vatan uchun, ota-onangiz, yaqinlaringiz, xalqingiz uchun to'p suring! Butun fikru xayolingiz faqat g'alabaga qaratilsin. CHempion bo'lish vaqti keldi. Nasib qilsa, Osiyo Kubogini o'zimiz bilan O'zbekistonga olib borib, muxlislarimizni, xalqimizni, muhtaram Prezidentimizni xursand qilamiz. Mana shu maqsad yo'lida barchamiz bir tanu bir jon bo'lib harakat qilishimiz kerak", - deya o'z fikrlarini yakunladi Umid Ahmadjonov.

SHundan so'ng so'z navbati milliy jamoa ustozi Ektor Kuperga berildi: "Terma jamoa bir maqsad yo'lida birlashgan. G'alaba uchun borimizni berishga tayyormiz. Mukofot pullari ikkinchi darajali masala. Futbolchilar terma jamoa tarkibida birinchi navbatda Vatan uchun to'p surishadi. Umid qilamanki, barcha o'ylagan maqsadlarimizga birgalikda etamiz", - dedi Kuper.

O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov futbolchilar nomidan so'zga chiqib, Osiyo Kubogida Vatan sharafini munosib himoya qilishga tayyorligini takidlab o'tdi.


Tadbir yakunida Odil Ahmedovga 2018 yilning eng yaxshi futbolchisi uchun atalgan sovrinni topshirildi.

Reyting: +64   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика