So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  25 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  81 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  22 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Umid Ahmadjonov O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya Universitetidagi sharoitlar bilan tanishdi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya Universitetidagi sharoitlar bilan tanishdi

Teglar :  Umid AhmadjonovMOQ
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov bugun CHirchiq shahridagi O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya Universitetini borib ko'rdi. MOQ Prezidentini Universitetning o'quv ishlar bo'yicha prorektori Komil Yarashev kutib oldi.

Umid Ahmadjonov salkam 20 gektar maydonga ega bo'lgan Universitet hududini ko'zdan kechirar ekan, respublikadagi eng asosiy jismoniy tarbiya va sport talim maskaniga qo'yilayotgan asosiy talab malakali murabbiylar etkazib berish ekanligini qayd etib o'tdi. Buning uchun Milliy olimpiya qo'mitasi kerakli barcha yordamni ayamasligini, zarur bo'lgan shart-sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanligini malum qildi.

SHuningdek, tashrif davomida Umid Ahmadjonov va ishchi guruh vakillari Universitet hududidagi sport manejini borib ko'rishdi, u erdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Tan olish kerak, MOQ Prezidenti u erdagi sharoitlardan umuman qoniqmadi. Sababi, 2005 yilda qurib, foydalanishga topshirilgan manej hozirgacha biror marotaba tamirlanmagan va tabiiyki ayni paytda kapital tamirga muhtoj holatda. Vaholanki «Barkamol avlod» sport o'yinlari uchun qurilgan ushbu sport inshooti bir paytlar O'zbekistondagi eng zo'r manej bo'lganligini ko'pchilik yaxshi eslaydi. Ammo, hozirgi kunda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya Universiteti talablariga mutlaqo javob bermaydi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi «O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-3197 qaroriga binoan mazkur Oliy o'quv yurti va CHirchiq Olimpiya zaxiralari kolleji uchun bino va inshootlarni qurish hamda ularga berilayotgan tegishli binolar va inshootlarni tamirlash va rekonstrukciya qilish bo'yicha Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi buyurtmachi, «O'zshaharsozlikLITI» AJ bosh loyihachi tashkilot, “Qurilishbirlashmasi” AJ – bosh pudratchi tashkilot etib belgilangan. Unga ko'ra, 2018 – 2021 yillar davomida Universitet uchun binolar qurish, rekonstrukciya qilish, mukammal tamirlash va jihozlash uchun davlat tomonidan pul mablag'lari bosqichma-bosqich ajratilishi belgilab qo'yilgan.

Ammo afsuski, davlatimiz tomonidan shunday imkoniyat va sharoitlar yaratib berilayotganiga qaramasdan, ayrim masuliyatsiz rahbarlarning loqaydligi tufayli ishlar o'lda-jo'lda qolib ketgani xaqida Umid Ahmadjonov kuyunib gapirdi.


Tashrif davomida Universitetning suzish havzasi, o'quv binolari ham ko'zdan kechirildi. SHuningdek, Umid Ahmadjonov Universitet sport manejida bo'lib o'tayotgan og'ir atletika bo'yicha 23 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati musobaqalarini ham tomosha qildi, g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida ishtirok etdi. Mashg'ulotlar zalida esa Osiyo o'yinlariga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan og'ir atletikachilarimiz – Ruslan Nuriddinov, Rustam Djangabaev va Farhodbek Sobirov kabi terma jamoa azolarining mashg'ulot jarayonlarini kuzatdi, ular bilan suhbatlashdi. MOQ rahbari sportchilar uchun zarur bo'lgan barcha-shart sharoitlar yaratib berilishini, qanday takliflar bo'lsa murojat uchun eshigi ochiq ekanligini qayd etib o'tdi.


Umid Ahmadjonov uchrashuvga yakun yasar ekan, mana shunday sharoitda ham ishlayotgan Universitet pedagogik jamoasiga minnatdorchilik bildirib o'tdi.

«Ochig'i, bu erdagi holatni ko'rib juda achindim. Prezidentimiz CHirchiq Olimpiya zaxiralari kollejini bejizga mazkur Universitetga biriktirib bermagandilar. CHunki bu erning tabiati, iqlimi, joylashgan hududi yosh sportchilar uchun ayni muddao hisoblanadi. Ammo, so'nggi vaqtlarda o'quv yurtiga etibor pasaygan. Mana shunday sharoitda mehnat qilayotgani uchun Universitet jamoasiga, shu jumladan ilmiy xodimlar, o'qituvchilar va rahbariyatga minnatdorchilik bildiraman. Biz yaqin kunlarda ushbu holat yuzasidan katta yig'ilish tashkil etamiz va sharoitlarni kuchaytirish yo'lida tezkor choralarni amalga oshiramiz», – dedi Umid Ahmadjonov.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика