So’nggi yangiliklar

17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  2 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  4 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  2

Umid Ahmadjonov O'FA nega OFKga "yo'q" deganini izohlab berdi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov O'FA nega OFKga "yo'q" deganini izohlab berdi

So'nggi paytlarda O'FA OFK qarorlariga qarshimi degan savol ko'p bor yangrayapti.

Gapni bir boshlaydigan bo'lsak, shu yilning 31 oktyabr kuni OFK shtab-kvartirasida tashkilotning 28-kongressi bo'lib o'tdi. Bunda OFK nizomiga o'zgartirish kiritish masalasi alohida ko'rib chiqildi. Qabul qilingan yangi nizomga ko'ra, endilikda OFK prezidenti bo'lish uchun davogar shaxs OFKga azo istalgan uchta federaciya nomidan ovoz yig'ib prezidentlikka o'z nomzodini qo'yishi mumkin.

Kongress paytida nizomga shu bo'yicha o'zgartirish kiritish ovozga qo'yilganida OFKga azo 46ta davlatdan 42tasi "ha" degan bo'lsa, to'rtta davlat "yo'q" degan javobni ko'tardi. Qizig'i shundaki, "yo'q" deganlar orasida O'zbekiston ham bor. Qolgan uchta davlat BAA, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni.

Ana shundan keyin mashmasha boshlandi. Xorij saytlaridan biri insideworldfootball.com ikki bor "O'zbekiston nega OFKga "yo'q" dedi?" deya jar solib maqola yozdi. O'sha kongressda O'FA xodimi sifatida ishtirok etgan Behzod Mirtimirov "yo'q" degan variantni ko'targandi. Keyinchalik OFK qaror chiqarib ushbu xodimni futbolga doir har qanday faoliyatdan ikki oyga chetlatdi. Mirtimirov chetlatilgach, mavzu yana ochildi. Ko'plab salbiy fikrlar yuzaga kela boshladi. Biz esa aslida nima bo'lganini bilish maqsadida O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonovdan fikr olishga harakat qildik.

O'z navbatida Umid Ahmadjonov O'FA nima sababdan OFKga "yo'q" deganini quyidagicha izohlab berdi: "Albatta, bo'lib o'tgan gaplardan xabardormiz va vaziyatni tushunib turibmiz. Avvalo shuni aytishim kerak, O'FA - mustaqil tashkilot bo'lib, har bir qabul qilinadigan qarorga o'z munosabatini bildira oladi. 31 oktyabr kuni o'tkazilgan OFK kongressida Nizomga o'zgartirish masalasi ko'rib chiqildi. Yangi qabul qilingan nizomga ko'ra, bundan keyin OFK prezidenti bo'lishni xohlovchi shaxs faqat o'z federaciyasidan nomzodini qo'yishi shart emas. Boshqa istalgan uchta federaciya uning nomini qo'llab-quvvatlasa prezidentlik saylovida ishtirok eta oladi".

"Biz bu qarorga yo'q dedik, chunki qanday qilib o'z federaciyasi qo'llamagan shaxs boshqa federaciyalardan ovoz yig'ib nomzodini qo'yishi mumkin? Aytaylik, Bahraynning o'zi keyingi saylovda SHayx Salmon nomzodini ilgari surmayapti. SHu bois u o'z joyini saqlab qolish maqsadida nizomga shunday o'zgartirish kiritishni lozim topdi. CHunki Bahrayn ovoz bermasa ham boshqalar ovoz berishi mumkin. Endi hamma "ha" desa, biz ham "ha" deb ergashib ketavermaymiz-ku. Biz bu qarorimiz orqali O'zbekiston o'z fikriga ega ekanini ko'rsatdik. Mayli, OFK qarorlar qabul qilaversin, biz ham o'z munosabatimizni bildiraveramiz".

"Endi Behzod Mirtimirovning chetlatilganiga kelsak, OFK haqiqatdan uni chaqirib suhbat o'tkazmoqchi bo'ldi. Yani, nima uchun "yo'q" degan qog'ozni ko'targani uchun. Birinchidan, biz mustaqil tashkilotmiz, nima qilayotganimizni o'zimiz yaxshi bilamiz. Ikkinchidan, "yo'q" dedikmi, buni OFKga borib tushuntirib berishimiz shart emas. OFK buni qanday xohlasa shunday tushunaversin. Biz o'z fikrimizni bildirdik, xolos. OFK Behzod Mirtimirovni suhbatga chaqirgan paytda u Qatarda tashkil etilgan FIFA sammitida men bilan ishtirok etishi kerak bo'lib bora olmasdi. SHunda OFK agar kelmasa sankciya qo'llaymiz dedi. Biz esa chetlatsa chetlataversin chunki O'zbekiston uchun FIFA sammiti muhim, negaki bunda keyingi jahon chempionatida ishtirokchilar sonini 48taga etkazish masalasi ko'rib chiqiladi dedik".

"Aytib o'tganimdek, biz ham mustaqil tashkilotmiz va OFKning har bir qaroriga o'z munosabatimizni bildirishga haqlimiz. To'g'risi, bizga nizomga kiritilgan oxirgi o'zgarish maqul kelmadi. CHunki prezidentlikka davogar shaxs avvalo o'z federaciyasidan nomzodini ilgari surishni xohlaymiz. Bor gap shu. SHu o'rinda muxlislardan OFK endi O'FAni yomon ko'rib qoldi, xalqaro maydonlarda jamoalarimizni "sindirishga" harakat qiladi kabi gaplarga etibor bermasliklarini so'rab qolaman. Agar biz yaxshi o'yin ko'rsatishda davom etsak, bizni hech kim "sindira" olmaydi".

X.Xoliqov yozib oldi.

Reyting: +106   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика