So’nggi yangiliklar

20:10Россия кубоги. "Рубин" — "Акрон". Эсанов дебют қилади, Ашурматов ҳам асосийда  1 20:00Расмий хабар: "Насаф" Жанубий Судан терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузди  6 19:55Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон учрашувида ғолиб номи аниқланмади  140 19:44"Ювентус" янги мавсум сафар либосини намойиш этди  0 19:31"Зенит" ярим ҳимоячисини сотиб юбормоқчи  0 19:07Почеттино "Ньюкасл" бош мураббийига айланиши мумкин  1 18:38Миранчук "Аталанта"дан "Атланта Юнайтед"га ўтди  0 18:10"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Абдуллоҳ Абдураимов  0 17:4438 ёшли Хонда Бутан клуби билан 1 та ўйинга шартнома имзолади  1 17:20Суперлигада трансфер ойнасининг сўнгги кунида вазият қандай?  26 17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  1 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  41 16:17Ҳусниддин Алиқулов ва Остон Ўрунов бугунги ўйинни ўтказиб юборади  27 15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  2 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  2

Umid Ahmadjonov: “Klublarimiz direktorlari "Everton"da malaka oshirishadi” Yangiliklar

Umid Ahmadjonov: “Klublarimiz direktorlari "Everton"da malaka oshirishadi”

O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Angliyaga tashrifi chog'ida Angliya Futbol Associaciyasi rahbariyati bilan uchrashib, kelgusida ikki Associaciya o'rtasida hamkorlik qilishga va o'zaro tajriba almashish borasida suhbatlashgan va bu borada ikki tomonlama kelishuvga erishilgan edi.

Ushbu kelishuv asosida, O'zbekiston Futbol Associaciyasi Superligada ishtirok etuvchi klublar direktorlari, shuningdek, Angliyaning “Everton” va “Arsenal” kabi grand klublariga borib, u erda tajriba va malaka oshirishlari lozim edi.

Takidlash lozim, bugun ushbu hamkorlik doirasida ilk kelishuv amalga oshirildi. Unga ko'ra, O'zbekiston Superligasi klublari, jumladan, “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Paxtakor” “Buxoro” hamda “Bunyodkor” klublari mart oyida Angliyaning “Everton” klubida malaka oshirishadi. Klublar rahbarlari “Everton”ga tashrifi davomida u erdagi infratuzilma va sharoitlar, futbol sohasida Angliyada qo'llanilayotgan yangi texnologiyalar borasida tajriba to'playdilar.

Takidlash lozim, O'zbekistondagi boshqa klublar vakillarini ham Angliyaning “Arsenal” klubiga malaka oshirishga jo'natish uchun kelishuv amalga oshirilmoqda. SHuningdek, klublar direktorlarini Gollandiyaning “Ayaks” klubiga ham yuborish borasida ayni damda muzokaralar olib borilmoqda. Bu borada, har ikkala mamlakat futbol Associaciyalari bilan hamkorlik kelishuviga erishilgan.

Bu kelishuvlar albatta, mamlakatimizda futbol infratuzilmasi rivojiga foyda keltirishini Umid Ahmadjonov O'FA rasmiy saytiga malum qildi: “Malumki, Angliya futbol infratuzilmasi, akademiyalar nufuzi va boshqa bir nechta jihatlar borasida dunyoda etakchilardan hisoblanadi. SHu bois, Londonga qilgan tashrif chog'ida kelgusida O'zbekistondagi klublar direktorlarini aynan Angliyaga malaka va tajriba oshirish uchun jo'natish borasida Angliya Futbol Associaciyasi bilan hamkorlik kelishuviga erishdik. Bu, hamkorlik asosida O'zbekistondagi klublar direktorlari dunyoning etakchi futbol davlatlaridan birida to'plagan tajribasini mamlakatimizda qo'llashi va bu bilan O'zbekistonda futbol infratuzilmasi rivojiga hissa qo'shadilar deb, bemalol ayta olaman”.

Reyting: +68   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика