So’nggi yangiliklar

19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  0 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  1 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  0 17:22"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 17:10"Ал Батаэҳ" — "Ал Наср". Таркиблар маълум  3 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  3 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  32 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  6 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  11

Umid Ahmadjonov JCH-2022 tashkiliy qo'mita rahbari bilan ko'rishdi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov JCH-2022 tashkiliy qo'mita rahbari bilan ko'rishdi

Teglar :  Umid Ahmadjonov
O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar qirollik oilasining taklifiga ko'ra Dohaga jo'nab ketgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Bugun  Qatarning ikki etakchi klubi — “As-Sadd” hamda “Al-Duhayl” mamlakatning Valiahd SHahzodasi Kubogi finalida maydonga tushdi. Umid Ahmadjonov Qatar qirollik oilasining vakillari bilan hal qiluvchi bellashuvni faxriy mehmonlar lojasida kuzatib bordi.

SHuningdek, Umid Ahmadjonov Dohada Qatar qirolligi oilasi azosi, Qatar Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti SHayx Juan bin Hamad bin Xalifa at-Taniy bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ikki mamlakat Olimpiya qo'mitalari o'rtasida yaqin aloqalarni o'rnatish, mamlakatda Olimpiya sport turlarini rivojlantirishda o'zaro tajriba almashish, mutaxassislarni jalb qilish borasida kelishib olindi.

Bundan tashqari, Umid Ahmadjonov JCH—2022 tashkiliy qo'mitasi rahbariyati bilan ham ko'rishib, mundialga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, stadionlar rekonstrukciya qilish va yangitdan barpo qilishda qo'llanilayotgan innovacion texnologiya va loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика