So’nggi yangiliklar

17:35Исмоил Акинаде: "Бутун эътибортимизни кейинги икки ўйинга қаратамиз ва плей-оффга чиқишга ҳаракат қиламиз"  0 17:04Гвардиола: "Агар яна 1-2 та ғалабага эришсак, умумий босқични кучли саккизликда якунлаймиз"  4 16:35Про лига. "ФарДУ" Нукусда қийин ғалабага эришди  1 16:22"Барселона" мухлислари автобуси ёниб кетди  0 15:46"Ливерпуль" қишда йирик трансферга қўл уради  3 15:13Про лига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  3 14:56Эшитдик-да! ЎФА қўмитаси "Навбаҳор"дан 3 очко олиб ташлади   19 14:34"Челси" ярим ҳимоячиси яна жароҳат олди  0 14:01Давид Райя — "Арсенал" тарихидаги энг яхши дарвозабон (Opta)  2 13:33ПСЖ Мендеш, Дуэ ва Дембеленинг ҳолати ҳақида маълумот берди  0 13:04"Коринтианс" Депайдан арзонроқ уйга кўчиб ўтишни сўради  2 12:36Лутфуллин бригадаси Миср – Венесуэла учрашувида ишлайди  0 12:09Испания терма жамоасининг ЖЧ-2026 учун уй либоси намойиш қилинди  3 11:35ФИФА "Тинчлик мукофоти"ни таъсис этди  5 11:05Футзал. Бугун терма жамоамиз Озарбайжонга қарши баҳс олиб боради  2

Umid Ahmadjonov: "Guruhimizga kuchli raqiblar tushishini xohlayman" Yangiliklar

Umid Ahmadjonov: "Guruhimizga kuchli raqiblar tushishini xohlayman"

Osiyo Kubogi-2019 qura tashlash marosimida O'zbekistondan ham vakillar ishtirok etmoqda.

Jumladan, O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov, O'FA bosh kotibi Sardor Rahmatullaev, U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov hamda milliy terma jamoamizning eng mohir o'yinchilaridan biri Server Jeparov shu erda.

Biz fursatdan foydalanib, O'FA vice-prezidenti Umid Ahmadjonovni suhbatga tortdik. Umid Mahamadjonovich qura oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- "Avvalo shuni aytishim kerak, Osiyo Kubogi juda muhim musobaqa hisoblanadi va bu turnirda terma jamoamiz oldiga yuqori maqsadlar qo'yiladi. Eng katta niyatimiz esa bu 2022 yilgi jahon chempionatiga chiqish, bu haqda ko'p gapirganmiz va doim takrorlashga tayyorman".

- "Quradan nima kutyapman? To'g'risini aytsam, birinchi navbatda kuchli raqiblar tushishini. Nima uchun? CHunki qancha kuchli jamoalar bilan o'ynasak o'yinimiz shunchalik shakllanib boraveradi. SHu bois men guruhimizga kuchli jamoalar tushishini xohlayman".

- "SHu o'rinda taxmin qiladigan bo'lsam, guruhimiz BAA, O'zbekiston, Ummon va KXDR bo'lgani maqul deb o'ylayman. Lekin hammasini qura ko'rsatadi. Nima bo'lganda ham, maqsadimiz Osiyo Kubogi finaliga chiqish hisoblanadi", - deydi Umid Ahmadjonov championat.asia saytiga. 


Xayrullo Xoliqov Dubay shahridan mahsus

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика