So’nggi yangiliklar

02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  160 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  0 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  3 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  1 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  11 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  18 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7

Umar SHamsiev: Real, Paxtakor va Odil Ahmedovga muxlisman Yangiliklar

Umar SHamsiev: Real, Paxtakor va Odil Ahmedovga muxlisman

Teglar :  FutbolRealSHamsiev
Sport va sanat hamisha yonma-yon bo'lgan. Jismoniy tarbiya bilan shug'ullanish orqali sanatkorlar sahnada erkin harakat qiladilar.

Umuman olganda, sport ular uchun har tomonlama foydali. Biz sanatkorlar deganda xonanda va aktyorlarni nazarda tutdik. Ular orasida sport bilan professional tarzda shug'ullanganlari ham bor, albatta.

Sanat va sport rukni ostida ana shunday sportga, xususan, futbolga befarq bo'lmagan sanatkorlar bilan suhbat uyushtirishni maqsad qilganmiz.

Ilk mehmonimiz Nihol mukofoti sovrindori, estradamizning yorqin vakillaridan biri Umar SHamsiev.

- Umar, qaysi sport turlari bilan shug'ullanasiz?

- Bolaligimdan millionlar o'yinining ashaddiy ishqiboziman. Aqlimni tanibmanki, ko'chada do'stlarim bilan to'p tepardik. Bir metr uzoqlikdagi do'stimiz ko'rinmay qolgunicha koptokning ortidan qolmasdik. Hamon esimda, onam tug'ilgan kunimga futbol to'pi sovg'a qilgandilar. 

Ancha yil o'sha to'pni ko'z qorachig'idek asraganman. Men uchun qadrli hadya bo'lib qolgandi. Maktabda jismoniy tarbiyadan baholarim hamisha alo edi. Eng sevimli fanlarimdan biri ham aynan jismoniy tarbiya hisoblanardi. 

Vaqt o'tishi bilan sanatga bo'lgan mehr ustunlik qildi. Futbolga kamroq vaqt ajratishga to'g'ri keldi. Lekin bo'sh vaqt topildi deguncha do'stlarimiz bilan yashil maydonga oshiqamiz. Professional futbolchi bo'lish peshonamga yozilmagan ekan.

- Futbol maktabida millionlar o'yini bilan professional tarzda shug'ullanish haqida o'ylab ko'rmaganmisiz?

- O'ylab ko'rganman. Lekin baribir, sanatga bo'lgan mehrim ustun chiqqan. Bu bilan futbolga qiziqishim sanatga nisbatan past, demoqchi emasman. SHunchaki, bitta kasbni tanlashim kerak edi.

- Qaysi futbolchilar bilan salom-aligingiz bor? Kimlar bilan do'stlashgansiz?

- Odil Ahmedov - yaqin do'stim. Taniqli aktyor Alisher Uzoqov sababchi bo'lib, ushbu futbolchini yaxshi tanidim. Menga terma jamoamiz sardori bilan birga futbol o'ynash baxti nasib etgan.

Eng hurmat qiladigan futbolchim ham aynan Ahmedov bo'ladi. Hozir Xitoy chempionatida to'p surayotgan do'stimning o'yinlarini ko'rib borishga harakat qilaman.

- Qaysi jamoalarning o'yiniga befarq emassiz?

- Yoshligimdan Paxtakor muxlisiman. Ilk bor Paxtakor stadioniga Osiyo chempionlar kubogi doirasidagi o'yinda tushganman. O'shanda sherlar Turkmanistonning Nisa klubini qabul qilib, 5:0 hisobida g'alaba qozonishgandi.

Aniq esimda, Ashxoboddagi o'yinda Nisa zafar quchgandi (4:0). Ikki o'yin natijasiga ko'ra, Paxtakor keyingi bosqichga yo'llanma olgandi.

Qarang, o'sha paytlarda ham stadion muxlislar bilan deyarli to'lardi. Hozir mana bir necha yildirki, Paxtakor stadioniga tomoshabinlar aytarli kelishmayapti.

- Klubdagi yangiliklardan xabaringiz bordir?

- Albatta. Rahbariyatda o'zgarish ro'y berdi. O'ylaymanki, bularning bari ikkinchi davra uchrashuvlarida o'z samarasini beradi. Lekin joriy yil olamshumul yangiliklar bo'lmasa kerak.

CHunki davralar oralig'ida katta xaridlarni amalga oshirishning iloji yo'q. SHunday bo'lsada, Nasaf etakchilari Eldor Suyunov va SHerzod Azamovning jamoa tarkibiga qo'shib olinishi Paxtakorning maqsadi jiddiy ekanligidan dalolat.

- SHerlar OCHL yo'llanmasini qo'lga kirita olisharmikan?

- Bunga erishish oson bo'lmaydi. Lekin vaziyatga real qarasak, Paxtakor mazkur vazifani amalga oshirishi mumkin. Suyunov va Azamovni qo'lga kiritish orqali paxtakorchilar asosiy raqiblaridan birini kuchsizlantirishdi.

Jamoa kubok bahslaridan erta chiqib ketdi va boshqa raqiblariga qaraganda o'yini kamroq bo'ladi. SHu jihatdan bor etiborini faqat chempionat o'yinlariga qaratadi.

- Xorij klublaridan qaysilarga ishqibozlik qilasiz?

- Madridning Real jamoasiga ashaddiy muxlisman. Yarim tun bo'lishiga qaramay, o'yinlarini kuzatib boraman.

- O'tgan yilgi mavsum siz uchun bayram bo'libdi-da?

- (kuladi) Ha, nimasini aytasiz. Sevimli jamoam ECHL g'olibligiga erishdi. SHuni ishonch bilan aytishim mumkinki, Real haqli ravishda kubokni qo'lga kiritdi. Bu g'alabada jamoa bosh murabbiyi Zayniddin Zidanning xizmatlari katta.

- Krishtianu Ronalduning jamoani tark etishi haqida ko'p gapirishdi. SHaxsan siz bunga ishonasizmi?

- Yo'q. O'zi har yili mavsumlar oralig'ida shunday shov-shuv ko'tariladi. Bu safar ham shunday bo'ldi. Ronaldu hech bir jamoada o'zini Realdagidek baxtli his qila olmasa kerak.

Balki faoliyatining yakuniy qismida Manchester Yunaytedga o'tib, o'sha klubda butsalarini mixga ilar?! Ammo hozircha u Madrid jamoasi bilan g'alabalarga erishishda davom etadi.

- Oldinda milliy termamizni ikkita muhim uchrashuv kutib turibdi. JCH-2018 final bosqichiga chiqishimizga ishonasizmi?

- Ishonch bor, lekin xavotir undan ham ko'proq. Men futbolchilarimizga Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi kechadigan hayot-mamot uchrashuvlarida omad yor bo'lishini tilayman.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Manba: "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика