Umar Eshmurodov: "Ikkinchi o'rin "Nasaf" uchun yaxshi natija hisoblanadi"
30 noy 2020 16:53
Yangiliklar
Umar Eshmurodov: "Ikkinchi o'rin "Nasaf" uchun yaxshi natija hisoblanadi"
"Mavsum biz uchun o'ziga yarasha qiyin o'tdi. CHunki mavsum o'rtalarida juda ko'p durang natijalar qayd etdik. Baribir maqsadimiz sovrinli o'rinlardan birini egallash edi. Oxirigacha kurashishgani uchun jamoadoshlarimga rahmat aytaman. Qayd etgan natijamizdan xursandmiz. To'g'ri Superligada "Paxtakor" kuchli ekanligini barcha bilardi. Menimcha ikkinchi o'rin biz uchun yaxshi natija hisoblanadi.
Barcha jamoalarga qarshi o'z kuchimizni ko'rsatishga harakat qildik. Faqat poytaxt jamoalariga qarshi emas qolgan o'yinlarda ham g'alaba uchun maydonga tushdik. Bu jamoa bir necha yildan beri birga o'ynab kelmoqda. Bir-birini yaxshi tushunadi. Yigitlar mana shu yillar davomida o'sishga erishdi, qo'rqmasdan o'ynamoqda. Muvaffaqiyatlarimizning omili mana shunda deb o'ylayman",- deydi Umar Eshmurodov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar