Umar Eshmurodov: "CHempionlar ligasi yo'lida yiqilib qolguncha o'ynashimiz lozim edi, shunday ham bo'ldi"
04 dek 2021 19:54
Yangiliklar
Umar Eshmurodov: "CHempionlar ligasi yo'lida yiqilib qolguncha o'ynashimiz lozim edi, shunday ham bo'ldi"
"Paxtakor" hamda "Nasaf" o'rtasidagi O'zbekiston kubogi final uchrashuvidan so'ng (1:2) "ajdarlar" sardori Umar Eshmurodov fikrlari bilan bo'lishdi.
- O'yin haqida
- O'yin biz uchun omadsiz boshlandi. Qizil kartochkadan keyin ancha qiyin bo'ldi. Xotirjamlikni saqlab qolib, o'ynashda davom etdik. Xudoga shukrki, xato qilmadik. Bu g'alaba bilan muxlislarni muborakbod etamiz.
- Jamoa 2-taymda 10 kishi bo'lib o'ynagani deyarli sezilmadi. Bu nima bilan bog'liq deb o'ylaysiz?
- O'ylashimcha, bu katta ishtiyoq bilan chambarchas bog'liq. CHunki biz "Lokomotiv"ga yutqazib qo'ygandik. Yigitlar ikki hissa kuch bilan harakat qilishdi. Mana Xudo bizni siyladi. CHempionlar ligasi yo'lida yiqilib qolguncha o'ynashimiz lozim edi, shunday ham bo'ldi.
Fikrlar