Ulug'bek Ramazonov: "Bugun uchta gol uraman deb tushgan edim"
17 jan 2017 15:14
Yangiliklar
Ulug'bek Ramazonov: "Bugun uchta gol uraman deb tushgan edim"
Bugun futzal bo'yicha XXI milliy chempionatimizning 1 bosqich 3-turning ikkinchi kungi o'yinlari o'tkazilmoqda.
"Lokomotiv" - "Kogon" (2:10) uchrashuvidan keyin kogonliklar safida uchta gol urgan Ulug'bek Ramazonovning fikrlari bilan qiziqdik.
"Yaxshi o'yin bo'ldi. Raqibimiz avvaliga munosib qarshilik ko'rsatdi, lekin keyinchalik o'ylagan narsalarimizni amalga oshirdik va yirik hisobda g'alaba qozondik. O'z o'yinimga keladigan bo'lsam, garchi xet-trik qayd etgan bo'lsamda yana 2-3 imkoniyatdan foydalana olmadim. O'yindan oldin bugun uchta gol uraman deb maydonga tushgan edim. Umuman bu mavsum ko'p urayotganimning sababi, chempionat oldidan va davomida o'tkazilayotgan yig'inlar doirasidagi mashg'ulotlar deb bilaman. Aynan to'g'ri mashg'ulotlar sabab jismoniy holat juda yaxshi", - deydi Ulug'bek Ramazonov.
O’xshash yangiliklar
10:03
Filippin terma jamoasi ustozi: "Biz 40 daqiqa davomida O'zbekiston bosimiga bardosh bera oldik"
0
Fikrlar