So’nggi yangiliklar

09:00ТОП-10 да фақат «Бавария» футболчилари. Бундеслигада энг кўп ҳақ олувчи футболчилар маълум  0 08:33«Қўқон-1912» сафига жорий мавсумни «Сурхон» ва «Динамо»да бошлаган футболчилар келиб қўшилди  0 08:10Хосе Венансио Лопес: "Ҳали ҳамон хатоларга йўл қўймоқдамиз. Жаҳон чемпионатига қадар ушбу вазиятни тўғирлашимиз керак"  1 07:40Аҳрол Рисқуллаев узоқ муддатли танаффусдан сўнг майдонга қайтди  0 01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  16 01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  1 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  9 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  8 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  3 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1

Ulug'bek Mirzaev vs Diyor Imomxo'jaev. Kim haq? Yangiliklar

Ulug'bek Mirzaev vs Diyor Imomxo'jaev. Kim haq?

O'tgan hafta Ulug'bek Mirzaev va Diyor Imomxo'jaev championat.asia sayti mehmoni bo'lishdi.

Ikkala mutaxassis ham futbol klublarining pul ishlab topishi borasida berilgan savolga javob berishdi. Dastlab Ulug'bek Mirzaevga berilgan savol va javobni taqdim etamiz.


- 2020 yilda o'z smetasining 30 foiz qismini o'zi ishlab topmaydigan klublar professional emas degansiz. "Bunyodkor" klubi 2021 yilda o'z smetasining necha foizini o'zi ishlab topdi?  
- 2021 yilda o'zimiz qilgan daromadlarimizdan qoniqmadik. Bu yilgi smetamiz 26 milliard so'mni tashkil etdi. Kulguli bo'lsa ham aytishimiz kerak o'zimiz 1,5 milliard so'mni ishlab topdik. Hech qanday transfer amalga oshira olmadik, yirik kompaniyalarni jalb qila olmadik. Pandemiya tufayli qaysi kompaniya bilan bog'lansak ular hozircha imkoniyatlarimiz chegaralangan deb javob berishdi. 2020 yilda yodingizda bo'lsa PFLning o'sha paytdagi direktori Davron SHoqurbonov 2019 yil yakunlari bo'yicha "Bunyodkor" pul topish bo'yicha chempion bo'ldi degandi. 2019 yilda smetamiz 16 milliard so'm edi, shundan 4 milliardini o'zimiz topgandik. Yani 25 foizni o'zimiz topgandik.

Lekin bir narsaga etibor qilish kerak. PFL tomonidan, muxlislar tomonidan va futbol jamoatchiligi tomonidan futbol klublarimiz boqimandalikdan qochishi kerak deb aytiladi. Qandaydir formula ko'rgandim. Unda 2030 yilgacha birinchi yil klub 10 foiz, keyingi yil 20 foiz, keyin 30 foiz va shunday tarzda 10 yilda to'liq o'zini qoplaydigan klubga aylanishi kerak deb yozilgandi. Ammo tan olish kerak nafaqat O'zbekistonda, Sobiq Ittifoq davlatlari klublari uchun imkonsiz masala. Masalan, Angliyada futbol klubini boshqarish oson. Deylik bir yilda 100 so'm chiqim qilsangiz, 120 so'm daromad olasiz. Yoki 100 so'm qaytadi. Foyda ko'ra olmagan klublar esa 95 so'm daromad ko'radi, yani rahbar atigi 5 so'm zarar qiladi xolos. Misol uchun, Rossiya yoki O'zbekistonda futbol klubi egasi bo'lsangiz ortingizda katta kompaniyangiz yoki biznesingiz bo'lishi shart. O'sha biznesingizdan kelgan pulni futbol klubiga tikaverishingiz shart. CHunki bizning futbolimizda daromad keladigan hech qanday manba yo'q. Bizga kimdir ayta oladimi: Mana bunday yo'nalishda ishlasangiz shundan pul topishinglar mumkin deb?

Aytaylik bizda Superligada o'rinlar uchun hech qanday mukofot pullari yo'q. UEFA nafaqat evrokuboklarda o'ynayotgan klublarga, balki o'sha milliy ligalarda o'ynayotgan pastki o'rinlarni egallaydigan klublarga ham pul beradi. Sababi qolgan klublar o'sha klublarni yutib evrokuboklarga chiqadi. Osiyoda hali bunday darajaga etib kelgani yo'q.

Keyingisi, Coca Cola Superligasi deymiz, mavsum davomida 182ta o'yin bor. Mana shu o'yinlarda klublar maydonga tushib o'ynaydi. PFL Coca Cola'dan qanchadir milliard so'm oladi, ammo pullarni klublarga bermaydi.

Yoki stadion chetidagi bannerlarni olaylik, 44ta banner bo'lsa uning yarmiga PFLning homiylari joylashtiriladi. To'g'ri bu marketing reglamentida ko'rsatilgan va bundan nolimaymiz.

Lekin masalan bizga Pepsi'dan taklif bo'lsa ular bilan shartnoma tuza olmaymiz. Sababi reglament bo'yicha boshqa gazlangan ichimliklar bilan shartnoma tuzish mumkin emas.

Lekin klublarga imkoniyat berilsa yaxshi bo'lardi, eshikni qiya bo'lsa ham ochib berishsin. Hozir Superliga klublari 500 million so'm badal to'laydi, xuddi bir tomonlama harakatlanadigan ko'chaga o'xshab qolgan. Har qancha afsuslanarli bo'lmasin aytishga majburman. Kelajakda marketing, menejment va tijoratlashtirish ishlari yaxshilanib ketar. Ammo hozirgi kunda klublarning oyoq qo'li ipsiz bog'langan. SHu bois davlat ulushi bor korxonalarga futbol klublarimiz qaram.


Bunga PFL Bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev quyidagicha javob berdi:

"Ulug'bek Mirzaev o'zi ko'chadan "Bunyodkor"ga qancha pul topdi? Muxlislarni stadionga qaytarish uchun nima ishlar qildi? "Bunyodkor" o'yinlarida qancha muxlis kelmoqda? Oldingi rahbariyat ishlaganida "Paxtakor" va boshqalar bilan o'ynaganida 15 mingacha muxlis olib kelishardi. Bugungi "Bunyodkor" nima qilmoqda?

Hamma aybni PFLga ag'darib qo'yishdan oldin o'zi "Bunyodkor"ni bilaylik, nima bilan shug'ullanayotganini. U haqda ko'p gapirmayman, ular nima qilayotgani, xatosi qaerda, yutug'i qaerda juda yaxshi tasavvurga egaman. Insofni o'zlariga bersin. Lekin bugungi "Bunyodkor"ni umuman tanimayapman. Men bilgan "Bunyodkor" umuman boshqa o'rinlar uchun kurashishi kerak, maqsadlari boshqacha bo'lishi kerak. Hozir klubning ambiciyalari ham sekin-sekin o'lib bormoqda.

Yaqinda bir fikrni eshitdim, SHuhrat Maqsudov aytdimi shuni: bunaqa muxlislardan ko'ra, birgina shunday inson (rahbar) bo'lgani yaxshi. Mana shu "Bunyodkor"ning haqiqiy "pazor" holati. Agar muxlisdan shaxsni ustun qo'yishga o'tishgan bo'lsa, hammaligini "optom" futbolni yig'ishtirib qo'yishsa bo'ladi. Futbol muxlislar uchun o'ynaladiku, to'g'rimi?

Xuddi "Pepsi" kelib hozir shuncha pul beraman deb klubni boyitib qo'yadigandek. Muxlislar tashrifini o'ylashsin, akademiyani mavqeini ko'tarishni o'ylashsin. PFLning hozirgi hamkorlari yordamida biz tarixda ilk bor badal pullarini tushirdikku to'g'rimi? Bundan tashqari ayollar va futzalni badal pullaridan ozod qildik. Hakamlarning gonorarini ikki baravar oshirdik. Qaysi pullar evaziga? Misol uchun, jamoalarni o'ylaganimiz uchun hakamlarning borishi-kelishi, mehmonxonada yashashini o'z gardanimizga olish bo'yicha O'FA bilan gaplashayapmiz. Hamma yoqdan oqib kelayotgan daromadni faqat o'zimiz ushlab hech kim bilan bo'lishmaslik fikridan yiroqmiz. Biz oldin o'sha bosqichga etib kelishimiz kerak. Oldin ular davlatdan olayotgan pullarni eplab ishlatishni o'rganishsin".




Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика