So’nggi yangiliklar

02:36ЖЧ-2026 саралаши. БАА Ўзбекистон ва Қирғизистонга қарши ўйинлар учун таркибини эълон қилди  7 02:29Баҳром Ҳайдаров: "Навбаҳор" каби жамоага қарши ўйинда 0:3 ҳисобидан кейин ўйинга қайта олиш жуда қийин"  1 02:25Ла Лига. "Барселона" мавсумдаги сўнгги ўйинда меҳмонда "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  10 02:11А Серия. "Рома" сўнгги турда "Торино"ни мағлуб этди, аммо параллель ўйинда "Юве" меҳмонда "Венеция"ни мағлуб этиб, тўртинчи ўрин билан ЧЛга йўл олди  33 01:32Сергей Лушан: "Мен бу масалада ҳоким билан кўп гаплашганман. Буни аллақачон амалга ошириш керак эди"  1 01:11Гёкереш "Спортинг" ва Швеция сафида мавсумдаги 63-голини урди - бу сафар Португалия кубоги финалининг 100-дақиқасида пенальти орқали  0 00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  17 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  3 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  9 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  21 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  39 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  42 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  96

Intervyu. Ulug'bek Mirzaev: Davlatimiz har bir klub o'zini-o'zi moliyalashtirishi tarafdori Yangiliklar

Intervyu. Ulug'bek Mirzaev: Davlatimiz har bir klub o'zini-o'zi moliyalashtirishi tarafdori

So'nggi kunlarda bir nechta OAVda O'ztransgaz akciyadorlik kompaniyasi Bunyodkor futbol klubidagi o'z ulushini Davlat hisobiga topshirish bo'yicha qaror qabul qilgani haqida malumotlar tarqadi.

 Ushbu masala yuzasidan batafsil axborot olish hamda bu jarayon qanday yuridik ahamiyatga ega ekanligiga aniqliklar kiritish maqsadida, biz «Bunyodkor» FK Bosh direktori Ulug'bek Mirzaevga murojaat qildik va quyidagi malumotlarga ega bo'ldik.

- Xabaringiz bor, 2012 yildan boshlab «Bunyodkor» futbol klubiga «O'ztransgaz» kompaniyasi bosh homiy sifatida biriktirilgan edi. 2019 yilning 31 dekabr sanasiga qadar davom etgan o'zaro hamkorlik samarali bo'ldi, deya olamiz. Zero, bu yillar davomida «Bunyodkor» nafaqat O'zbekistonda, balki Osiyoda ham 2005 yildan zabt etila boshlagan o'z o'rni, nomi va shuhratini mustahkamladi. «Bunyodkor» muvaffaqiyatlarida albatta «O'ztransgaz»ning o'rni beqiyos. Ayniqsa, 2019 yil avvalidagi qiyinchiliklar, Akademiyamizning yopilishi-yu, klubni quyi ligaga tushirilib yuborilishi haqidagi mish-mishlarga aynan «O'ztransgaz» barqaror mablag' taminoti orqali nuqta qo'ya oldi. «Bunyodkor» kompaniya tomonidan bir maromda moliyalashtirildi va bunga javoban jamoa o'z tarixida ilk bor O'zbekiston chempionatida uchinchi o'rinni qo'lga kiritib, bronza medallarga ega chiqdi. Yana bir bor tan olib aytish kerak, jamoamizning o'tgan yilgi muvaffaqiyatida «O'ztransgaz»ning hissasi katta. SHu o'rinda, doimo klub bilan birga bo'lgan, homiylik masalalarida bizdan o'z yordamini hech qachon ayamagan, barcha murojaatlarimizga ijobiy javob qaytargan, moliyaviy ishlarda har safar muammolarimizni hal qilib bergan «O'ztransgaz» AK rahbariyati, xususan, Boshqaruv raisining o'rinbosari Mirzamahmudov Alisher Ismoiljonovichga alohida minnatdorchilik bildiramiz.



Endi «O'ztransgaz» AKda 14 aprel kuni o'tkazilgan yig'ilishga keladigan bo'lsak, bu borada quyidagilarni gapirib berishim mumkin. 2019 yilning 4 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Miromonovich Mirziyoevning «O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risidagi» farmoni elon qilingan edi. Mazkur farmonning bandlarida ko'rsatib o'tilganidek, futbol klublari bosqichma-bosqich davlat korxonalari tomonidan moliyalashtirishdan qochish, o'zini-o'zi taminlash yo'nalishiga o'tishi lozim. SHuningdek, ushbu farmonda (9-bandda) davlat korxonalari tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda muassislari davlat korxonalari bo'lgan klublarning akciyalari, tasischilarining ulushlari O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o'tkazilishi to'g'risida belgilab qo'yilgan. SHunga ko'ra, davlat korxonalari tomonidan moliyalashtirilayotgan klublar ro'yxati shakllantirilgan. 13ta jamoa joy olgan mazkur ro'yxatdan «Bunyodkor» futbol klubi ham joy olgan. Malumot o'rnida aytish kerak, «Bunyodkor» futbol klubining ustav fondidagi 100 foiz ulush davlat korxonalariga tegishli. Jumladan, «O'ztransgaz» (61,8 %), «Neftgazmontaj» (30,2 %), «Ko'kdumaloqgaz» (3 %), «Neftgazmahsulot» (3 %), «Gissarneftgaz» (2 %). Kuni-kecha shu masala bo'yicha «O'ztransgaz» kompaniyasining Kuzatuv kengashi yig'ilish o'tkazdi. Mazkur yig'ilishda «O'ztransgaz» o'zining 61,8 foizlik ulushini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o'tkazishga qaror qildi.



Qo'shimcha qilish kerakki, mazkur farmonda shakllantirilgan ro'yxatdan joy olgan barcha klublarning akciyalari yoki tasischilarining ulushlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o'tkaziladi. Farmonga ko'ra, agentlik klublarni sotuvga qo'yib, mahalliy yoki xorijiy investorlarga realizaciya qilishga kirishadi. Yani bo'lg'usi investor «Bunyodkor» futbol klubiga homiylik qilishni istasa, buning uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligidan jamoani sotib olishi kerak. Takidlab o'tishni istardikki, bu jarayon nafaqat «Bunyodkor»ga, balki barcha o'zbek klublariga taalluqlidir. Bundan asosiy maqsad, davlat korxonalari tomonidan moliyalashtiriladigan klublarni bosqichma-bosqich xususiylashtirishdir. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, hukumatimiz har bir futbol klubi o'zini-o'zi mablag' bilan taminlashi tarafdori. Biroq Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ro'yxatdan joy olgan klublarga va ularni hozirgi kunda moliyalashtirayotgan davlat korxonalariga rasmiy xat bilan murojaat qilib, agentlik jamoalarga yangi sarmoyadorlar topguniga qadar moliyalashtirish hozirgi holatda davom etishini malum qilgan. Yani agentlik qaysidir klubni yangi investorga sotguniga qadar jamoa davlat korxonalari tomonidan moliyalashtirilishda davom etadi. Qaysi kompaniya qaysi klubni hozir mablag' bilan taminlayotgan bo'lsa, bu jarayon hozircha shundayligicha qoladi.

Demak, «Bunyodkor» futbol klubini moliyalashtirish 2020 yilning 1 yanvaridan etiboran «O'zbekneftgaz» akciyadorlik kompaniyasi zimmasida va homiylik hamda moliyalashtirish mazkur korxona tomonidan davom ettiriladi. 



SHu o'rinda, «Bunyodkor» futbol klubida faoliyat yuritayotgan 300 nafarga yaqin ishchi-xodimlar nomidan shunday qiyin kunlarda, koronavirus pandemiyasi davridagi inqiroz vaqtida bizni qo'llab-quvvatlayotgani, g'amxo'rlik qilayotgani, moliyalashtirayotgani, jamoani yolg'izlatib qo'ymayotgani uchun «O'zbekneftgaz» kompaniyasiga, xususan, Boshqaruv raisi Abdullaev Mehriddin Razzoqovichga, Boshqaruv raisining moliya va iqtisodiyot bo'yicha o'rinbosari, klubimiz prezidenti Ashurov Ulug'bek Murodilloevichga alohida minnatdorchilik bildiramiz. Bunday g'amxo'rlikka javoban g'alabalarimiz, yutuqlarimiz bilan albatta ularni xursand qilamiz, «O'zbekneftgaz» akcionerlik jamiyati brendini yanada baland ko'tarishga, kompaniya imidji oshishiga hissa qo'shamiz, degan umiddamiz, - deydi Ulug'bek Mirzaev.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика