So’nggi yangiliklar

07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  1 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  1 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  6 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  6 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  64 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  8 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2

Ulug'bek Hoshimov: "Neftchi"da kam gol urayotganim o'zimni ham xavotirga solmoqda" Yangiliklar

Ulug'bek Hoshimov: "Neftchi"da kam gol urayotganim o'zimni ham xavotirga solmoqda"

Temur Kapadze murabbiyligidagi O'zbekiston U-21 terma jamoasi FIFA kunlaridan unumli foydalangan holda poytaxtimizda yig'in o'tkazmoqda.

"Neftchi"dan taklif qilingan hujumchi Ulug'bek Hoshimov ham terma jamoa tarkibiga jalb qilingan. O'tgan mavsumlarda "Paxtakor" o'rinbosarlar jamoasida ko'plab gollari bilan ko'pchilikning etiborini tortgan futbolchining farg'onaliklar safida kutilgan o'yinni ko'rsata olmayapti (statistika 12ta o'yin 1ta gol, 1ta pas). Biz bu borada uning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Yig'in yaxshi o'tmoqda. Maqsadimiz Quvaytdagi musobaqada guruhda birinchi o'rinni egallash. Garchi keyingi yil musobaqa O'zbekistonda bo'lsada, o'zimiz ishtirok etadigan har qanday turnirda vatanimiz bayrog'ini balandga ko'tarishni istaymiz. "Neftchi"ga moslashib olishda qiyinchilik bo'lgani yo'q. Gol ura olmayotganim o'zimni ham xavotirga solmoqda. So'nggi marotaba "Yangier"ga gol urganimdan so'ng boshqa darvozalarga to'p kiritmadim. Tushkunlikka tushmasdan ishlashda davom etishim kerak. Buni ko'p o'ylasam o'zimga zarar bo'lishi mumkin. Qaytaniga to'sqinlik qiladi. Faqat mehnat qilishdan, ishlashdan to'xtamasligim kerak. 

"Neftchi" Superligaga chiqsa kurasha oladimi? Biz hali elitada emasmiz. Murabbyilarimiz har bir o'yinni yutishimiz kerakligini aytishmoqda. Klubni o'z darajasiga qaytarishimiz lozim. Mavsumni birinchi o'rinda yakunlash uchun qo'limizdan kelgancha harakat qilamiz. Superligada bemalol kurasha olamiz, deb baralla ayta olaman",- deydi Ulug'bek Hoshimov. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика