So’nggi yangiliklar

Ulug'bek Hoshimov: "Bularni tariflab bera olmayman. Muxlislarning stadionda bo'lishidan esa doimo xursand bo'lamiz" Yangiliklar

Ulug'bek Hoshimov: "Bularni tariflab bera olmayman. Muxlislarning stadionda bo'lishidan esa doimo xursand bo'lamiz"

Teglar :  Ulug'bek Hoshimov
O'zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogi yarim finalida yaponiyalik raqiblarni mag'lubiyatga uchratdi (2:0).

O'yindan so'ng terma jamoamiz azosi Ulug'bek Hoshimov championat.asia muhbiri savollariga javob qaytardi.

"Barcha ko'rdi, o'yin qiyin o'tdi. Bizning maqsadimiz - chempionlik. Buni yodimizdan chiqarmaslikka harakat qildik. Mana, peshonamizga g'alaba yozilgan ekan, finalga chiqdik. Buni so'z bilan tariflab bera olmayman. Kutib olinganimizdan tortib, g'alabadan keyingi xursandchilikkacha... Barchaga rahmat aytmoqchiman - muxlislarga, siz jurnalistlarga, jamoadoshlarimga, yaratilgan sharoitlar uchun rahbariyatga. 


- Yaponiya xavfli raqib edi. O'yindan oldin qo'rquv bo'lmadimi? 

- Birinchi navbatda muxlislarning o'yinga kirmasligini eshitib, shuni o'yladim. Bizning maqsadimiz bor edi. Muxlislar kirish-kirmasligidan qati nazar g'alaba qozonishimiz lozim edi. Yaponiya kuchli terma jamoa. 


- Tashqarida 15 ming kishi yig'ildi. O'yin paytida ularning ovozi eshitildimi? 

- Stadionga u qadar eshitilmadi, lekin buni bildik. Ularning qo'llab-quvvatlashlarini his qildik. Finalda stadion to'lishi aniq. Muxlislar kelishidan doimo xursand bo'lganmiz. Ularning qo'llashi bizga motivaciya beradi. Ular stadionda bo'lishsa, biz juda xursand bo'lamiz", - dedi Ulug'bek Hoshimov. 

Uzbekistan U23

AFC U23 Asian Cup Final Stage . Semi Finals-tur

15/06/2022, 22:00

0
:
2
Tugadi

Japan U23

45'
90'

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика