So’nggi yangiliklar

00:45"Арсенал" Партининг ўрнига "Брентфорд" футболчисин сотиб олади  0 00:26"Атлетик" Испания футбол федерацияси ва Ла Лигадан Уильямснинг "Барса"га ўтишига йўл қўймасликни сўрамоқчи  0 23:46Михаил Еремчук: "Футболда ҳар доим ютиш яхши"  2 23:24"Андижон" ОЧЛ 2да кимлар билан ўйнайди?  5 23:01Миржалол Қосимов: "Яна ёш болаларча хатога йўл қўйдик"  7 22:26Роналду "Ал Насср" билан шартномасини узайтиради (Фабрицио Романо)  2 22:01Мбаппе умумий гуруҳ машғулотларига қайтди. У "Зальцбург"га қарши ўйнаши мумкин  0 21:35Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" Олмалиқда ОКМКни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди!  27 21:05"Арсенал" Гёкереш бўйича янги таклиф тайёрламоқда. "Спортинг" камида 80 миллион евро сўрамоқда  7 20:37Альваро Мората Италияга қайтади  2 19:53Де ла Фуэнте тақвим ҳақида: "Иккиюзламачилик бўлмаслиги керак"  4 19:38"Андижон"га қарши ўйинда "Қизилқум"нинг голи ўғирландими? Суперлиганинг 13-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 19:13Шота Арвеладзе собиқ клубига қайтди  0 18:38"Олтин тўп" эгаси КЧЖни кузатмаяпти: "Барселона" ўйнамаяпти. Шундай экан... нимага уни кўриш керак?  6 17:10"Ювентус" ва Дэвид йиллик маоши 6 млн евро бўлган шартнома бўйича келишиб олди. Фуболчининг агентлари 10+ млн. евро комиссия талаб қилишмоқда  1

Ulug'bek Baqoev Toshkent klublaridan birini boshqaradimi? Murabbiy ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev Toshkent klublaridan birini boshqaradimi? Murabbiy ishtirokidagi matbuot anjumani

Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi O'zbekiston kubogi guruh bosqichi ikkinchi turida Toshkentda "Bunyodkor" mehmoni bo'ldi (1:1).

Ushbu uchrashuvdan so'ng jamoa bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev fikrlarini bildirib o'tdi. 

Baqoev: - Birinchi bo'limda biroz zerikarli o'yin bo'ldi. Raqib bizning xududimizda ko'proq to'pni nazorat qilishga harakat qildi. Tezkor gol urib olganimiz hisobiga tanaffusga yaxshi kayfiyatda yo'l oldik. Ikkinchi bo'limni uchta o'zgarish bilan boshladik. Bundan ko'zlangan maqsad barcha futbolchilarga imkoniyat berishdir. Bugungi natijani jangovar durang desak mubolag'a bo'lmaydi.  "Bunyodkor"ga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman. Xuddi shu omad bizga ham kerak.

-"So'g'diyona" avvalgi o'yinlarda ikkinchi bo'limni sustroq o'tkazayotgan edi. Bugun Jasur Hasanov va SHohruz Norxonovning zaxiradan maydonga tushishi oldindan o'ylangan taktika edimi?

- Jamoada 20 nafar futbolchi bor. Har bir futbolchi o'yin amaliyotini his qilishini taminlashimiz lozim. Bu orqali ularni ko'rib olamiz. Kubok bahslari murabbiylarga shuning uchun ham foydali. Ayrim etakchilarga hordiq chiqarish imkonini berdik.

- So'nggi turda raqib Birinchi liga vakili "Rubin"ning darajasidan kelib chiqib tarkibda katta o'zgarishlarga qo'l urasizmi?

- Biz har qanday raqibni hurmat qilamiz. U qaysi ligada ishtirok etishi ahamiyatsiz. Faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz.

- Faoliyatingizda burilish yasash imkoni tug'ilib poytaxt klublaridan biridan taklif tushsa qanday qaraysiz?

- Qachonki taklif bo'lsa o'ylab ko'rishim mumkin. Hozircha taklif bo'lmadi.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика