So’nggi yangiliklar

10:07«Реал Мадрид»нинг янги бош мураббийи деярли аниқ  0 09:38«Арсенал»нинг икки футболчиси ПСЖга қарши учрашувдан аввал жароҳатдан қайтди  6 09:10«Рома»нинг шорт-листида 4 нафар мураббий бор  4 08:40Мессининг «Барселона»га қайтмаслигининг сабаби маълум  8 08:12Фабрицио Романо Анчелоттининг келажаги ҳақида фикр билдирди  1 07:44Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур давом эттирилади  0 02:02А Серия. "Болонья" ва "Лацио" кучли тўртликка кириб олиш имкониятидан фойдалана олмади  3 01:55Илёс Зейтуллаев: "Чемпионлик учун кураш ҳақида гапиришга ҳали эрта"  2 01:13Миржалол Қосимов: "Айримлар ҳали ҳамон "Насаф"га қарши ўйинда қолиб кетишгандек"  15 01:08"Барселона" яна бир турнирда чемпионга айланди. Бу сафар академия вакиллари Европада тенгсиз бўлишди  11 00:32"Свет йўқ". "Барселона" - "Интер" ўйини эртага ўтказилмаслиги мумкин  13 23:48"Ливерпуль" клуб тарихидаги энг йирик трансфер бюджетларидан бирига эга бўлади  6 23:30Суперлига. Абдухолиқовнинг голи ОКМКнинг мағлубиятсиз сериясини тўхтатди  0 23:25Ўзбекистонлик футболчи Англия клуби йиғинида иштирок этади  9 23:13Озарбайжон. Бобир Абдихолиқов гол урган ва голли узатма берган баҳсда жамоаси ғалабани қўлдан чиқарди  3

Ulug'bek Baqoev: "So'g'diyona" rahbariyatidan meni istefoga chiqarishini so'rayman" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "So'g'diyona" rahbariyatidan meni istefoga chiqarishini so'rayman"

Superliga 8-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Nasaf" (1:2) bahsidan so'ng jizzaliklar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev matbuot anjumanida ishtirok etdi.



"O'yinni yomon boshladik, futbolda shunaqasi ham bo'lib turadi. Ikkinchi taymda bir qator o'zgarishlarga qo'l urdik, o'yin o'zgardi. Gol urdik, keyin yana o'tkazib yubordik. 

Yigitlar kurashishdi. Ilgari hech qachon bunday qilmaganman, lekin bu gal janob hakamga murojaat qilmoqchiman. Hamma narsani qachondir oxiri bo'ladi. Tomoshabin o'z jamoasi o'yinini ko'rgani kelyapti. Hakam qarorlarini raqib jamoa foydasiga chiqarmoqda. Penalti berilyapti, qoida buzishlar bo'lyapti, to'p qo'lga tegyapti... hakam esa bu "kontakt" tufayli ro'y berganini aytyapti. 

Savolim boshqacha: balki meni yoki murabbiylar shtabini deb shunday qilinyaptimi? Agar shunday bo'lsa, boshqa yigitlar jabr chekmasligi uchun klub rahbariyatidan meni qo'yib yuborishini so'rayman. Bilasizmi, bunaqasi oxirgi 3-4 turdan buyon kuzatilmoqda. Ehtimol, "So'g'diyona" kimdirga xalaqit qilyaptimi, to'g'risi, bu nima bilan bog'liq ekanligini bilmayman. Balki Jizzax shahri yoki jizzaxlik muxlislar boshqa davlatdanmi? Bilasizmi, Jizzax go'yo O'zbekiston tarkibiga kirmaydi. 

SHunday ekan, "So'g'diyona" rahbariyatidan meni istefoga chiqarishini so'rayman. Bunday og'ir ruhiy holatda ishlashim qiyin. Men "toza" futbol tarafdoriman. O'sish bo'lishini xohlayman. Ko'rdingiz, jamoamiz oxirgi 3-4 yilda raqobatbardosh jamoaga aylandi va katta maqsadlarga erisha oladi. Yigitlarning mehnati evaziga o'tgan yili 2-o'rinni oldik. Balki boshqa murabbiy kelsa, jamoaga foyda bo'lar. Hammaga rahmat. Jamoa rahbariyatidan to'g'ri echimga kelishini kutaman", – dedi Ulug'bek Baqoev.

Tezkor xabar! Baqoev "So'g'diyona" rahbariyatidan istefo so'radi

Reyting: -76   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика