So’nggi yangiliklar

23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  1 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  1 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  0 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  2 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  0 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  2 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  24 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  15

Ulug'bek Baqoev: "Sahob Rashidov uchun xursandman. Unga milliy terma jamoada o'ynashini tilayman" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Sahob Rashidov uchun xursandman. Unga milliy terma jamoada o'ynashini tilayman"

"So'g'diyona" - "Buxoro" (3:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.




"Andijon" bilan durang o'ynadi, Namanganda yutqazdik, yigitlar kichik ruhiy o'raga tushib qolishgandi. SHu bois futbolchilarimga rahmat. Bugun nima qilib bo'lsa ham yutishimiz kerak edi. Bugun mehmonlar posboni ajoyib seyvlarni amalga oshirdi. G'alaba bilan muxlislarimizni tabriklayman", - deydi Ulug'bek Baqoev.

- Bugun Sahob Rashidovga imkon berdingiz. Keyingi o'yinlarda ham jizzaxlik yoshlarga ko'proq imkon berishingizni tilayman.

- Barchamiz O'zbekistonda yashaymiz. Nima uchun mahalliy yoki boshqa viloyatli futbolchilarga ajratishimiz kerak? Agar statistikaga qarasangiz 99 foiz o'yinchilar maydonga tushishmoqda. Faqat Oybek Nurmatov jarohati bois maydonga tushmayapti.

- Sahob Rashidov haqida fikringiz... Jizzaxda bo'lgan avvalgi o'yinda so'raganimda yoshlarga imkoniyat berish haqida aytgandingiz. Balki yana boshqalarni ham jalb qilarsiz...

- Agar mashg'ulot jarayoni va oldingi o'yinlarga etibor qilsangiz biz futbolchilarningi jismoniy holatini hisobga olamiz. Namangandagi o'yindan keyin 5 nafar o'zgarishni amalga oshirdik. Sababi toliqish kuchli bo'ldi. Sahob Namanganda nega maydonga tushmadi? SHamollab qolgandi. Bugun unga imkon berdim va gol urganidan xursandman. Unga omad tilayman va milliy terma jamoa darajasiga chiqishini tilayman.

- Bugungi o'yinda darvozabonni o'zgartirdingiz. Avvalgi o'yin Milan Mitrovich oldinga chiqib ketib xato qildi va gol o'tkazgandi. Bu qarorga kelishingizga shu holat sabab bo'ldimi?

- Yo'q, shunchaki yigitlar ruhiy o'radan chiqib olishlarini xohladik. Kimdir xato qilgani uchun zaxirada qolmadi. Futbolchi o'ziga kelib oladi va yana o'ynashda davom etadi. Bu futbol. Kim gol ura olmasa va ko'proq xato qilsa yutqazadi.

- SHirinboy Abdullaev ishonchingizni oqlay oldimi?

- Ha yaxshi o'ynadi. Besh balli tizimda besh ball qo'yamiz.

- Iskandar SHoyqulov haqida fikrlaringiz.

- Biz bir jamoamiz. Alohida futbolchilarga to'xtalib o'tmoqchi emasman. Yigitlarni g'alaba bilan tabriklayman.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика