So’nggi yangiliklar

23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  0 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  3 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  3 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  6 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  6 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  5 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0

Ulug'bek Baqoev: "O'zbekiston Superligasi OFK Kubogidan kuchli deb o'ylayman" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "O'zbekiston Superligasi OFK Kubogidan kuchli deb o'ylayman"

Coca-Cola Superligasining 12-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "So'g'diyona" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev matbuot anjumanida qatnashdi.




"Barchaga xayrli kech. O'yin haqida gapiradigan bo'lsak, birinchi taymda to'pni nazorat qilishning uddasidan chiqdik va gol urdik, ikkinchi taymda esa 60 daqiqadan o'yin sifati va tezligi yo'qoldi. Faqatgina fidoyilik va o'yin intizomini ko'rdik, yigitlarga maydonda qilgan mehnatlari va g'alabalari uchun rahmat aytaman, shuningdek jizzaxlik muxlislarga ham minnatdorchilik bildiraman. "Lokomotiv"ga keyingi o'yinida omad tilayman", — dedi matbuot anjumani avvalida "So'g'diyona" ustozi. 


— Superligadagi uch haftalik tanaffus jamoaning foydasiga xizmat qildimi yoki zarariga?

— Haftada 1-2 o'yin, umuman 5-6 kunda o'yin o'tkazganda futbolchi va murabbiylar doim ishlashga vaqt topishadi. Bunday pauza esa yaxshi emas. O'rtoqlik o'yinlari esa chempionat emas, unda boshqacha kayfiyat va barchasi o'zgacha bo'ladi. Haftada 1-2ta o'yin o'tkazish esa jamoalar va chempionatga ham yaxshi deb o'ylayman. Terma jamoa o'ynadi va bunda uch haftalik tanaffus yuzaga keldi. Biz esa terma jamoaning o'yinini tomosha qildik. Timur Kapadze qo'l ostidagi yoshlarimizga esa g'alaba qozonishlarini va butun xalqimizni xursand qilishlarini tilagan holda muxlislik qilamiz.


— Jamoa shundan so'ng OFK Kubogida ishtirok etish uchun Dushanbega yo'l oladi. SHogirdlaringizning jizmoniy holati, o'yin kartinasi, umuman ulardan qanchalik ko'nglingiz to'ldi?

— Jamoaning jismoniy holati qoniqarli. U erda rotaciya qilamiz, sababi 8 kun ichida 3ta o'yin, bu juda qiyin. O'yinchilarning jismoniy holatiga shubha qilmayman. Bundan tashqari, u erda suniy qoplama bo'ladi va uning sifati qandayligini bilmaymiz. Nafaqat, "So'g'diyona" klubi, balki O'zbekistonning ham sharafini himoya qilamiz. SHunday ekan, jamoa, murabbiylar shtabi, rahbariyat vazifani bajarish uchun barcha kuchni ishga soladi.


— Tasavvur qilaylik, o'zbek futboliga Avstraliya futbol tizimini olib kirsak. Ligadagi biror-bir klubdan milliy jamoaga 5 yoki 6 nafar futbolchi chaqirilsa-yu, o'yinchilari chaqirilmagan klublarning o'yinlari davom ettirilsa... Siz bunday tizimga qanday qaraysiz?

— Avvalo, bu savolga menga taaluqli emas. Fikrimni bildiradigan bo'lsam, mavsum boshida direktorlar kengashi va barcha klublarning texnik direktorlarini yig'ib, buni muhokama qilish orqali amalga oshirish mumkin. Ammo, biror bir klubda 3-4 nafar terma jamoasi futbolchisi bo'lsa-yu, boshqasida unday o'yinchi bo'lmasa, bu boshqa jamoaga ustunlikni taqdim etadi. SHu nuqtai nazaridan va adolat jihatdan olib qarasak, bunday o'yinlarni ko'chirish kerak. Boshqa o'yinlarni esa o'tkazsa bo'ladi. Ammo, boshqa narsa ham bor. Milliy va olimpiya terma jamoalar o'ynaganda etibor yuqori bo'ladi. CHempionatdagi ushbu o'yinlar kamroq muxlislar bilan o'tadi va televizor orqali kamroq ko'riladi. SHunday ekan, mavsum boshida aytganimdek yig'ilish qilib, bitta to'xtamga kelish kerak. Bu futbol associaciyasiga ham, O'zbekiston chempionatidagi barcha jamoalarga ham qulay bo'lishi kerak.


— OFK Kubogining darajasi yuqorimi yoki O'zbekiston Superligasining?

— Biz OFK Kubogida oldin ishtirok etmaganmiz. Bir-ikki nafar murabbiydan tashqari bizdan hech kim unda ishtirok etmagan. Ammo, buni vaqt ko'rsatadi. Menimcha, O'zbekiston chempionati kuchliroq.


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика