Ulug'bek Baqoev: “O'yin to'rt qismdan iborat bo'ldi”
11 may 2018 23:53
Yangiliklar


Ulug'bek Baqoev: “O'yin to'rt qismdan iborat bo'ldi”
“Lokomotiv” – “Buxoro” uchrashuvidan (3:1) keyingi matbuot anjumani “Buxoro” bosh murabbiyi Ulug'bek BAQOEV va jamoa futbolchisi Arslanmurot AMONOV o'yin borasidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
- Bugungi uchrashuv biz uchun to'rt qismdan iborat bo'ldi. Birinchi bo'limni o'rtalaridan ustunlikni qo'lga oldik, so'ngra raqib jamoa tomonidan yo'llangan kutilmagan gollarni o'tkazib yubordik. Xullas, ikkinchi bo'limda esa gol urishga erishdik va kutilmagan hujumlardan himoyalana olmadik. “Lokomotiv” kuchli jamoa ularni bugungi g'alabasi bilan tabriklayman,-deydi Ulug'bek Baqoev.
ArslanmuratAmanov - Avvalo “Lokomotiv”ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yin qiyin kechdi. Bugun ular hujumda ustunlikdan yaxshi foydalanib gollar kiritishdi. Biz esa yaxshi imkoniyatlarimizdan to'liq foydalana olmadik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar