Ulug'bek Baqoev: "O'yin haqida hech narsa demoqchi emasman"
26 iyu 2021 10:17
Yangiliklar
Ulug'bek Baqoev: "O'yin haqida hech narsa demoqchi emasman"
Superliganing 11-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Lokomotiv" (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev qatnashdi.
"O'yin haqida hech narsa demoqchi emasman. SHunchaki "So'g'diyona" futbolchilariga rahmat aytmoqchiman. Ular juda yaxshi o'ynashdi va g'alaba qozonishni istashdi. Boshqa hech nima demayman", - deydi Ulug'bek Baqoev.
- Bugun ikkala jamoada ham agressiv o'yin bo'ldi. Bunga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?
- Hech nima demoqchi emasman. SHunchaki yigitlarga o'yin uchun rahmat.
- Qizil kartochka olgan vaziyatingizga izoh bera olasizmi?
- "So'g'diyona" jamoasiga yaxshi o'yin uchun rahmat aytaman. Men matbuot anjumaniga kirishim kerak mana keldim va o'yin haqidagi fikrlarim shundan iborat.
Fikrlar