

- Qiyin o'yin bo'lishini bilgandik. "Metallurg" kuchli tarkibga ega, tajribali futbolchilardan iborat. Bu raqibga qarshi birinchi navbatda futbolchilarni ruhan tayyorlashimiz kerak edi. Buni uddaladik. Ikkinchidan, oxirgi o'yinlarda gol kiritolmayotgandik. Zarbasiz, golsiz natijaga erishib bo'lmasligini shogirdlarga tushuntirdik. Qolaversa, darvozabonimiz zo'r o'ynadi. Undagi ishonch boshqa yigitlarga ham ko'chdi. Milan Mitrovich "Paxtakor"ga qarshi o'yinda bir qator xatolarga yo'l qo'ygandi. Bekobodliklarga qarshi bahsda jamoamizni qutqardi. "Metallurg" jamoasiga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman, - deydi jizzaxliklar ustozi.



