So’nggi yangiliklar

08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  2 08:20`Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  7 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20

Ulug'bek Baqoev: "Maqsadimiz bitta – har bir o'yinga finaldek qarab, maydonga tushish" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Maqsadimiz bitta – har bir o'yinga finaldek qarab, maydonga tushish"

Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Navbahor" va "So'g'diyona" jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.





"Hammaga xayrli kech. Namangan menga begona emas, bu erga kelganimdan xursandman. 

Muxlislarni mavsum starti bilan tabriklayman!

"Navbahor" yaxshi jamoa, har bir chizig'ida kuchli futbolchilar to'p tepishadi.

O'yinga kelsak, har ikki jamoada yaxshi vaziyatlar yuzaga keldi, biz esa taktik ishlanmalar orqali "yopiq" o'yin ko'rsatishga majbur bo'ldik. Futbolchilarimizga alohida tashakkur 

bildirmoqchiman", – deydi Ulug'bek Baqoev.

Legioner darvozabon Milan Mitrovich nega ko'rinmadi?

Uning qizi betob bo'lib qolgan, shu bois ertaga operaciya qilinadi. Bu hayotda asosiysi, oila va bolalar. U tezda jo'nab ketishiga to'g'ri keldi.

Bugungi o'yindan nimani kutgandingiz?

"Navbahor" tajovuzkor va hujumkor o'yin namoyish etishini kutgandik. Hisob 0:0 bo'lib turganida, bizda xavfli holatlar yuzaga keldi, agar ularni muvaffaqiyatli tugatganimizda, hisob 0:1 emas, undan kattaroq bo'lishi mumkin edi.

"Navbahor"ni nimani evaziga mag'lubiyatga uchratdingiz?

Biz kichik imkoniyatdan unumli foydalandik, "Navbahor" o'yinni nazorat qilib, chiroyli o'ynadi hamda ko'plab xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdi. 

"So'g'diyona" oldiga qanday vazifa qo'yilgan?

Maqsadimiz bitta – har bir o'yinga finaldek qarab, maydonga tushish. Qolganini vaqt ko'rsatadi.


Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика