So’nggi yangiliklar

15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  1 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  22 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  2 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  20 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  5 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  4 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  8 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  9 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  16 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2

Ulug'bek Baqoev: "Mag'lubiyatda hech kimni ayblamoqchi emasman" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Mag'lubiyatda hech kimni ayblamoqchi emasman"

Superliga 7-tur doirasidagi "Navbahor" - "So'g'diyona" (3:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Ulug'bek Baqoev o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Navbahor" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman va kelgusi o'yinlarda bugungi raqibimizga omad tilaman. O'yin taqdiri birinchi bo'limdayoq hal etildi. Tezkor gol va ikkinchi o'tkazib yuborilgan gol barchasini barbod qildi. "Navbahor" bizdan ko'ra tezkor harakatlandi. Futbolda hech kim bunday holatlardan sug'urtalanmagan. Kim gol ursa yutadi.

Tanaffusda futbolchilarni ruhlantirishga, 3:0 hisobi bu hali mag'lubiyat emasligini takidladim. Avvalambor o'zlarini hurmat qilishlarini so'radim. Ikkinchi taymda o'yin biroz yaxshilandi. Lekin natija hammasini ko'rsatib turibdi. Birinchi bo'limdayoq uchta gol o'tkazib yuborish ko'p. Buni qabul qilish esa oson emas. Sabr qilgan holda kelgusi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz.

Mag'lubiyatda aynan kimnidir ayblashni istamayman. O'yinni chuqur tahlil qilamiz va tegishli xulosaga kelamiz. Hozir hech kimni ayblamoqchi emasman. 

"Navbahor"ga doim yaxshi munosabatda bo'lganman. O'ynagan davrimda yoqimli xotiralar qolgan. Bu erdagi muhit va jamoa yaxshi. Har bir murabbiy o'z falsafasi va uslubiga monand selekciya ishlarini olib boradi. Hozir esa qo'l ostimdagi futbolchilardan foydalanishga to'g'ri keladi. Transfer bozori paytida o'zimizga kerakli futbolchilarni jalb etish borasida rahbariyat bilan gaplashamiz", - dedi Ulug'bek Baqoev.


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика