Ulug'bek Baqoev: “Jamoamizning yangi o'yinchilari ishonchni oqlashdi”
13 avg 2017 05:04
Yangiliklar
Ulug'bek Baqoev: “Jamoamizning yangi o'yinchilari ishonchni oqlashdi”
“Buxoro”- “Nasaf” uchrashuvidan (1:0) keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek BAQOEV uchrashuv haqidagi fikrlar bilan o'rtoqlashdi.
-Bugungi g'alaba bilan barcha futbolchilarni, muxlislarni tabriklayman. O'yindan qoniqish hosil qildim. Bugun qiziqarli va shiddatli bahsga guvoh bo'ldik. Statistikaga ko'ra oxirgi to'rt mavsumda Buxoroda “Nasaf”ga mag'lub bo'lgan ekanmiz. Lekin bugun g'alaba biz tomonda bo'ldi. Uch ochkoga o'z-o'zidan erishilgani yo'q. Bunga tinimsiz mehnat va ruhiy tayyorgarligimiz maromida bo'lganligi sababli erishdik, deb o'ylayman. Qolaversa, jamoamiz tarkibiga yangidan kelib qo'shilgan futbolchilari ham bu o'yinda ishonchimizni oqlashdi. Raqibimizga esa keyingi o'yinlarda omad tilab qolaman,- deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi “Buxoro” ustozi.
"Buxoro" matbuot xizmati.O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar