Ulug'bek Baqoev: "Guruhdan qaysi o'rindan bo'lsa ham chiqqanimizdan xursandman"
29 apr 2021 13:44
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/634341_original.jpg)
![](/upload/storage/634341_220.jpg)
Ulug'bek Baqoev: "Guruhdan qaysi o'rindan bo'lsa ham chiqqanimizdan xursandman"
O'zbekiston kubogi 3-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Rubin" (4:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.
"Birinchi taymda yoki raqibni mensimadik yoki ob-havo issq edi. Kubokdagi birinchi maqsadimiz guruhdan chiqish edi. Buni bajardik. Endi etiborimizni Superliga doirasidagi "Metallurg" bilan o'yinga qaratamiz. Bu klubda murabbiylar shtabi o'zgardi, ular so'nggi ikki turda g'alabaga erishdi. SHu bois jiddiy tayyorlanamiz.
Menimcha futbolchilarim ruhiy jihatdan raqibni mensimadi, har bir jamoani hurmat qilish kerak. Ikkinchi taymda o'zimizga keldik, to'g'ri g'alati gol o'tkazib yubordik. Guruhda qaysi o'rindan bo'lsa ham chiqqanimizdan xursandmiz", - deydi Ulug'bek Baqoev.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar