So’nggi yangiliklar

12:18"Лас-Пальмас" футболчиси автоҳалокат оқибатида ҳаётдан кўз юмди  0 11:50Эдерсон миш-мишларга чек қўйди  0 11:23Челестини Файзуллаевнинг ЦСКАдаги тақдирини ҳал қилади  3 10:56“Ливерпуль“ Англия терма жамоаси ҳимоячиси борасида музокараларни бошлади  3 10:30Германия МТЖ ҳужумчиси фаолиятини “Бавария“да давом эттиришига яқин  0 10:06“Реал“ етакчиси операциядан сўнг қанча муддат футбол ўйнамаслиги маълум  17 09:40Тео Эрнандес “Ал Ҳилол“да қанча даромад қилиши маълум  1 09:18“Арсенал“ “Тоттенхэм“ қизиқаётган футболчини “илиб кетмоқчи“  0 08:52Янги келишувга кўра Роналдунинг “Ал Насср“даги маоши маълум  32 08:27Шомуродов келажаги борасида бир қарорга келди  20 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" ва "Ал Ҳилол" кейинги босқичга йўл олди  9 07:30Суперлига. Қаршида турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  23 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  39 01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1

Ulug'bek Baqoev: "Futbol xatolar ustiga quriladi" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Futbol xatolar ustiga quriladi"

O'zbekiston kubogi chorak finalidan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Ulug'bek Baqoev fikrlarini bildirdi.





- O'yin haqida

- Kubok o'yini bo'lgani bois bahs jangovar ruhda kechdi. Xato qilishga haqqimiz yo'q edi. Ammo bu – futbol. Birinchi taymni misol qilsak, bir nechta vaziyatlarimiz bo'ldi, biroq ulardan unumli foydalanolmadik. O'ylashimcha, ayrim futbolchilarga mahorat etishmadi. Yigitlarga harakatlari uchun minnatdorlik bildiraman. Ularga hech qanday etirozim yo'q.

- Bahodir Nasimov va Umar Eshmurodov to'qnashuvidan keyin hakam aybdorga qizil kartochka bermadi. "So'g'diyona" bu bo'yicha shikoyat yozadimi?

- Hakamlarga baho beradigan qo'mita bor. Hozir bunga izoh berishim qiyin.

- "So'g'diyona"ga shijoat etishmadi. Bu hayajon bilan bog'liqmidi?

- Ehtimol, ruhiy tarafdan shunday bo'lgandir. Futbol xatolar ustiga quriladi. Unda kim ko'p xato qilsa, o'sha yutqazadi.

- O'yinni boshqarib borgan hakamlardan ko'nglingiz to'ldimi?

- Hakamlarga nisbatan etirozim yo'q, chunki bu o'yin endi tarixga aylandi. Faqat futbolchilarga etirozim bo'lishi mumkin.

- "So'g'diyona" – "Nasaf" va shu kabi to'qnashuvlar o'zbekistonlik murabbiylarda tajriba oshishiga xizmat qiladimi?

- Har bir futbolchi bor etiborini ham ruhan, ham jismonan o'yinga qaratsa, uchrashuv qizg'in ko'rinish oladi. Hech kim maydonda mag'lub bo'lgisi kelmaydi. Bugun shuni ko'rdik, har ikki jamoa yutqazishni xohlamadi. Balki tomoshabop o'tmagandir, lekin kurashlarga boy bo'ldi.

Reyting: -46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика