So’nggi yangiliklar

16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  0 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  0 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  2 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  1 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  10

Ulug'bek Baqoev: "Birinchi davrada uy o'yinlarini "Bunyodkor" stadionida o'tkazamiz" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Birinchi davrada uy o'yinlarini "Bunyodkor" stadionida o'tkazamiz"

Pro-liganing 1-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Buxoro" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

O'yin haqida

- Bugun mavsumning ilk rasmiy uchrashuvini o'tkazdik. Birinchi o'yinlar odatda u qadar ham yorqin o'tmaydi. Jamoamiz tarkibi deyarli 90 foiz yangilanib ketdi, futbolchilarga o'zaro moslashib olishlari uchun vaqt kerak. SHuningdek, maydon ham bir oz yumshoqdek ko'rindi. To'p maysa ustida yaxshi yurmagani sababli o'yin sifatiga tasir ko'rsatgan bo'lishi mumkin.

- "Buxoro" uy uchrashuvlarini endilikda qaysi stadionda o'tkazadi?

- Biz hozir "Bunyodkor" stadioni bilan kelishuvga erishganmiz. Pro-liganing birinchi davrasini Toshkentda o'tkazamiz. Pro-liga taqvimi qulay ishlab chiqilgan, bu borada tashkilotchilarga rahmat aytaman.

- Jamoangiz bugun bir ochko ishladimi yoki ikki ochko yo'qotdimi?

- Birinchi o'yinlarda moslashib ketish oson bo'lmaydi. Futbolchilarga o'yin ritmiga tushib olishlari uchun ozroq vaqt kerak. Bugun har ikki jamoa bir ochkodan ishladi.

- Zaxiradan qo'shilgan futbolchilar o'yinni kuchaytira oldimi?

- Bugungi o'yin uchun yigitlarga rahmat aytaman. Yigitlar maydonda borlarini berib harakat qilishdi. O'yinlar davomida kuchayib boramiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика