So’nggi yangiliklar

09:42Қоил! Марокаш етакчиси Африка Миллатлар Кубоги совринини қабул қилмаслигини маълум қилди  3 09:15Эрон терма жамоаси етакчиларидан бири четлатилди  3 08:50Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг Албания ва Россияга қарши учрашувлар учун кенгайтирилган таркиби маълум  0 08:264-тур мухлислар ташрифи. Энг кўпи Фарғонада, энг ками Самарқандда  3 02:58АПЛ. Магуайр майдондан четлатилган ўйинда МЮ "Борнмут" билан жанговар дуранг қайд этди  12 02:29Левандовски масаласи ёпилди  5 02:01Мбаппе "Атлетико"га қарши ўйнашга тайёр  0 01:33"Милан" футболчиларисиз: Италия терма жамоаси ЖЧ-2026 йўлланмаси учун кураш йўлида таркибга кимларни жалб этди?  2 01:10Суперлига. "Сўғдиёна" – "Пахтакор" 2:4  1 00:49"Манчестер Юнайтед" икки футболчиси билан шартномани узайтиради  1 00:20MLS мусобақа форматини тубдан ўзгартирмоқда  3 23:46МЮ "Ньюкасл" етакчиси билан битим тузишга яқин  1 23:25"Боруссия Д" Санчони қайтармоқчи  1 22:50Иван Бошкович: "Тўртта учрашувда бир очко тўплаш балки инқироз бўлса керак"  8 22:35Суперлига. "Насаф" – "Сурхон" 0:1   4

Ulug'bek Bakaev: "Zerikarli uchrashuv guvohi bo'ldik" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "Zerikarli uchrashuv guvohi bo'ldik"

Coca Cola Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Buxoro" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- O'yinni ko'rdingiz. Psixologik tomondan o'yinchilarimizda tushish bor. Bazi vaziyatlarda xato qilish kerak bo'lmagan joyda xato qildik. Biz oxirgi o'ringa tushib qolganimiz uchun shunday bo'lmoqda. Yigitlarda mag'lubiyatdan qo'rqish bor. Bugungi o'yindan so'ng yigitlar o'zlariga ruhiy kuch oladilar, deb o'ylayman. Tartibli o'yin uchun yigitlarga rahmat aytaman. 

- Bugungi o'yin scenariysi "Buxoro" tuzib chiqqan reja bo'yicha ketdi, desak bo'ladimi?

- Ha, ammo o'yinni to'liq oladigan bo'lsak, juda zerikarli uchrashuv guvohi bo'ldik. Biz tomondan tezkor hujumlar deyarli bo'lmadi. Bu ko'rinib turgandi. Biroq, tartibli o'yin ko'rsatganimizdan xursandman. Bugun biz mag'lubiyatga loyiq emasdik. Norxonov esa o'yin oxirida bizga g'alaba taqdim etdi. 

- Balki, bunga "Bunyodkor"ga nimadir etishmagani sabab bo'lgandir?

- Bo'lishi mumkin. Balki, ularda ham biz kabi psixologik tushish holati kuzatilayotgandir. Boshqa jamoani muhokama qila olmayman, albatta. Boshqa o'yinlarga qaraganda bugun raqib ham biroz sust o'ynagan bo'lishi mumkin. SHunisi aniqki, bugun natija ikki jamoa uchun ham juda muhim edi.

- Norxonov va Stanisavlevich  o'yin taqdirini hal qilgan golni tashkil qilishdi. Nega ularni boshlang'ich tarkibda maydonga tushirmadingiz yoki ular "joker" vafizasini o'tashlari kerakmidi?

- Bizda o'yinga malum reja bor edi. Tajribali futbolchilarni o'yinni kuchaytirish uchun olib qo'ygandik, desa ham bo'ladi. Ular vazifani uddalashdi. Ha, hammasi o'z-o'zidan yuz berdi, ammo nima bo'lganda ham bu reja omadli chiqdi. 

- Siz boshqarayotgan jamoalarda qanotlardan xavfli uzatmalar ko'rishga o'rganib qolgandik. "Buxoro"da esa bu narsa kam kuzatilmoqda. Bunga sabab nima?

- "So'g'diyona"ni eslasak, biz bu jamoa bilan to'rt yil birga ishladik. O'sha paytda biz yig'gan o'yinchilar siz aytgan xafvli uzatmalarni ko'p amalga oshirishardi. Hozir esa biz u darajadagi o'yinni ko'rsata olmaymiz. Bizda qanday o'yinchilar bo'lsa, shundan kelib chiqib harakat qilamiz. O'yindan o'yinga qo'shishga va natijaga erishishga harakat qilamiz.

- Bugun juda ham xotirjam edingiz. Odatda, siz ehtiros bilan o'yinni o'tkazardingiz. Bunga sabab nima? Bugun "Bunyodkor" ustidan g'alaba qozonishingizga ishonch bormidi?

- To'g'ri sezdingiz. Nafaqat o'yinchilar, balki murabbiy ham ehtiroslarga beradi. Men bugun o'zimni biroz boshqacha tutishga qaror qildim. SHunday bo'lsa ham yordamchim orqali bazi vaziyatlarda yigitlarga ko'rsatmalar berib turdik. 

- Jamoaning tarkibidan qanchalik qoniqmoqdasiz. Umuman o'n ballik shkalada jamoa o'yiniga qanday baho qo'ygan bo'lardingiz?

- Bugungi o'yinga kelsak, 10 balldan 5 ball qo'ygan bo'lardim. Bugungidek natija har doim ham bo'lavermadi. Mashg'ulotlar jarayonida biz juda yaxshi ishlaymiz, hammasini to'g'ri bajaramiz. O'yinga kelganda esa yigitlarimda psixologik muammolar kuzatiladi. Bularning barchasi o'yinchilarning darajasi hisoblanadi. Bundan hafa bo'lish kerakmas, bu ularning darajasi. O'sishga harakat qilish kerak. Yosh futbolchilar o'yindan o'yinga ochilib borishmoqda. Bugun aynan ular jamoani tortishmoqda. Buning uchun ularga alohida rahmat.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика