So’nggi yangiliklar

03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  0 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  20 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  3 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  83 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  18 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  9 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  9 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  8 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  13

Ulug'bek Bakaev: "Men afsungar emasman. Barchasi o'yinchilarning mehnatsevarligiga bog'liq" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "Men afsungar emasman. Barchasi o'yinchilarning mehnatsevarligiga bog'liq"

Superliganing 6-tur bahslaridan o'rin olgan "Olimpik" va "Buxoro" o'rtasida kechgan uchrashuvdan so'ng, "Buxoro" klubi bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev uchrashuv haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

- O'yin haqidagi fikrlaringiz?

- O'yini hayajon bilan boshladik va shu sabab erta gol o'tkazib yubordik. Keyin o'zimizga kelib oldik va bir nechta vaziyatlarni yaratdik. Men bir narsa xursand qilmoqda sekin astalik bilan o'yin surati paydo bo'lmoqda. Yaratgan vaziyatlarimizdan unumli foydalanishimiz kerak edi, lekin futbolda gol urmasdan natijaga erishib bo'lmaydi. "Olimpik"ni g'alaba bilan tabriklayman va bizga ham g'alaba tilab qolaman.

- O'tgan mavsum eng yaxshi assistent bo'lgan Aleksandr Stanisavlevich hozircha yaxshi o'yin namoyish eta olmayapti, bunga sabab nima?

- Aleksandrda kichik jarohat bor edi. U uzoq vaqt davomida davolandi, mana endi o'yinlarda ishtirok etmoqda. Umid qilamanki u har bir uchrashuvdan so'ng o'z o'yinini yaxshilab boradi.

- "Buxoro" bosh murabbiyi sifatida endigina ikkinchi uchrashuvni o'tkazdingiz, jamoa sekin astalik bilan o'zgarmoqda. Siz istagan jamoa shakillanishi uchun taxminan yana qancha vaqt kerak bo'ladi?

- Men afsungar emasman. Barchasi o'yinchilarning mehnatsevarligiga bog'liq. Transferlar oynasi kutamiz, lekin hali ancha vaqt bor. Futbolchilar birinchi navbatda klub nomini himoya qilishlari kerak, chunki ular professionallar, ularda amaldagi shartnoma bor. Biz maydonga chiqib o'yinimiz bilan barchasini isbotlashimiz kerak. Hammaga natija qiziq, ikki uchrashuv va 0 ochko bu yaxshi emas. Bizda hali etarlicha vaqt bor va shu vaqt oralig'ida imkon qadar yaxshiroq natijaga erishishimiz kerak.

- Jamoa ikkinchi taymda gol urish vazifasi bilan maydonga chiqdi, gol urish uchun futbolchilarga nima etishmadi deb o'ylaysiz?

- Katta ehtimol bilan ruhiy holat. Bunday holat nafaqat bita futbolchida balki barchada kuzatildi. Mening fikrimcha futbolchilarning "mehmon"dagi uchrashuvlarga tayyorgarligi va ruhiy holatini o'zgartirish kerak, Mehmon sifatida o'ynasak ham g'alaba uchun harakat qilishimiz kerak. Natija qachon qoniqarli bo'ladi, qachonki o'yin sifatini yaxshilasak, sababi bir nechta uchrashuvdan buyon gol ura olmayapmiz. O'ylaymanki biz bu holatni to'g'irlaymiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика