Uli SHtiliki: "O'zbekiston syurpriz ko'rsatib guruhdan chiqdi"
21 jan 2015 11:47
Yangiliklar

Uli SHtiliki: "O'zbekiston syurpriz ko'rsatib guruhdan chiqdi"
Osiyo Kubogi chorak finali doirasidagi Janubiy Koreya - O'zbekiston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.
Uning ikkinchi qismida Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiy Uli SHtiliki hamda yarim himoyachi Son Xyong Min qatnashmoqda.
"Pley-offning har bir o'yini qiziqarli bo'ladi. Biz musobaqada yo'lning yarmini bosib o'tdik. To'xtab qolish niyatimiz yo'q. Guruh bosqichidagi foydalangan taktikamizda katta o'zgarishlar bo'lmaydi. Osiyo Kubogini 8ta jamoa tark etdi, biz hamon shu erdamiz. Bundan xursandman. Raqib haqida gapiradigan bo'lsam, O'zbekiston syurpriz ko'rsatib guruhdan chiqdi. Ular o'tgan o'yinni shu shaharda o'tkazishdi, bu O'zbekistonga ustunlik berishi ham mumkindir", - deydi SHtiliki.
"Biz Avstraliyaga chempion bo'lish uchun tashrif buyurganmiz. Buning uchun oxirigacha kurashamiz. O'zbekistonga qarshi kechadigan ertangi o'yinga tayyormiz", - deydi Son Xen Min.
- Bugungi matbuot anjumaniga Son Xen Min kelganiga qaraganda ertaga u asosiy tarkibda o'ynaydi?
- Ha ertaga boshlang'ich tarkibga kiritiladi. Oxirgi 10 kunda u kasal edi. Hozirda 90 daqiqa o'ynay oladimi yoki yo'qmi buni ertaga ko'ramiz. Son O'zbekiston bilan bahsda yanada hujumkor o'yin namoyish etadi.
- O'zbekiston terma jamoasi o'yinida qandaydir o'zgarishlarni ko'ryapsizmi?
- Raqib jamoa o'zi istaganicha o'zgarishlarni qilishi mumkin. Lekin gap bunda emas, muhimi bizning futbolchilarning maydonda yaxshi o'ynay olishi. Biz professionallarmiz. O'yinda ishtirok etayotgan har bir futbolchi o'zi mustaqil qaror qabul qila olishi kerak.
- Osiyo Kubogiga ko'plab yoshlarni olib keldingiz...
- Tarkibimiz anchagina yangilandi. Jahon chempionatida o'ynaganlarning aksariyati hozir jamoa safida yo'q. Biz yangi, yosh jamoani shakllantiryapmiz.
- Siz to'rt yil oldin Qatarda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogida ishtirok etgansiz. Hozir nimalarni his qilayapsiz?
Son Xen Min: - To'rt yil oldin juda yosh edim. Vaqt o'tdi, tajribam oshib bormoqda. Terma jamoa safida ko'plab o'yinlarda maydonga tushayapman. Agar murabbiyimiz menga ishonch bildirsa bor kuchim bilan jamoaga foyda keltirish uchun harakat qilaman.
- Ertangi o'yinda qanday hisobdagi g'alabadan xursand bo'lasiz?
Son Xen Min: - Futbolda muhimi g'alaba, men uchun qanday hisobda yutishning farqi yo'q. G'alaba bo'lsa bo'ldi.
- Nima uchun sochingizni rangini qoraga bo'yadingiz?
Son Xen Min: - Bu hech qanday manoni anglatmaydi. SHunchaki shunday stil menga yoqqani uchun sochimni bo'yadim.
- Ertangi uyinda kanday rejalaringiz bor?
- Ummonga qarshi ikkinchi taymda qanday o'ynagan bo'lsak, O'zbekistonga qarshi ham shunday o'yin kursatamiz. SHuningdek, Avstraliya bilan o'yinni ham kursatishimiz kerak.
- Guruh bosqichida Janubiy Koreya atiga 3ta gol urdi. Ertaga ko'proq gol ko'ramizmi?
- Biz har bir o'yinda ko'p gol urishga harakat qilyapmiz, lekin har doim ham buning ustidan chiqa olmayapmiz. O'yinimiz qovushib ketsa ertaga ko'p gol urishimiz ham mumkin.
Matbuot anjumani so'nggida men ham futbolchiga savol berdim: - O'zbekiston terma jamoasidan nechta futbolchini taniysiz?
"Bayer" azosi javob berishga o'ylanib turganida murabbiy uning o'rniga javob berdi: - Agar bugun kechki payt raqibni o'rganishga bag'ishlangan mitingda uxlab qolmasa barchasini tanib oladi.
Xayrulla Xoliqov
Melburn

Fikrlar