Uli SHtilike: "O'zbekistonga qarshi o'yinda kimlar tushishini hozircha bilmayman"
12 noy 2016 16:03
Yangiliklar
Uli SHtilike: "O'zbekistonga qarshi o'yinda kimlar tushishini hozircha bilmayman"
Janubiy Koreya terma jamoasi ustozi Uli SHtilike Kanada bilan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Kanadaga qarshi yaxshi o'yin o'tkazdik. Qanotlar yaxshi ishladi. Hujumda yaxshi harakat qildik. Hozircha O'zbekistonga qarshi bahsda kim o'ynashini bilmayman. Yakshanba kunidan boshlab qaysi futbolchilar maydonga tushishi mumkinligi haqida o'ylay boshlayman", - deydi SHtilike yonhapnews axborot agentligiga.
Kanada bilan o'yinda Son Xen Min, Ki Son Yon va Li CHon Yon kabi futbolchilar ishtirok etishmadi. Bu o'yinning birinchi bo'limida himoyachi Kim Ki Xi kichik jarohat oldi.
"O'zbekiston bilan o'yinda kim maydonga tushsa ham o'z ishini bajaradi. Biz bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz", - deydi murabbiy.

Fikrlar