So’nggi yangiliklar

04:04Футзал. ЖЧ-2016. Ўзбекистоннинг дебюти, кўзи ожиз болакайга қилинган совға ҳамда "футзал Пелеси"нинг хайрлашуви ҳақида ҳикоя қиламиз  0 02:35АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Фулхэм" 1:0, 42 миллионлик трансфер гол урди  1 02:31ЛаЛига. "Севилья" дуранг билан бошлади  0 01:53АПЛ. "Манчестер Юнайтед" янги футболчисининг голи эвазига мавсумни ғалаба билан бошлади  22 01:49Франция чемпионатига старт берилди: ПСЖ мавсумни сафардаги "қийин" ғалаба билан бошлади  1 01:45Германия Кубоги. "Бавария" катта қийинчиликсиз кейинги босқичга йўл олди (+ВИДEО)  0 01:16Энцо Мареска таркибда 43 футболчи борлиги ҳақида: "Бизга яна футболчилар керак"  5 00:50Ўзбекистон футзал термаси Португалияга мағлуб бўлди  1 00:36Расман: Шакири собиқ жамоасига қайтди  2 00:13Фарҳод Нуруллаев: "Бугун қарши ҳужумда ўйнаб, натижага эришишни мақсад қилгандик"   1 23:36Эрон. Машарипов ва Юсупов жамоалари мавсумни ғалаба билан бошлади  2 23:19Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар 10 киши бўлиб ҳам футбол ўйнаш мумкинлигини кўрсатиб беришди"   16 23:11Элдор Шомуродов учун қайси вариант қулайроқ? Илёс Зейтуллаев фикрини айтди  5 23:09Франция чемпионати старт олмоқда! "Гавр" - ПСЖ баҳси асосий таркиблари билан танишинг  3 22:48Миржалол Қосимов: "Бугунги ўйиндан мухлислар ютди"  6

Uli SHtilike: “Osiyo hamda Evropa o'rtasidagi tafovutni yo'qqa chiqara olamiz” Yangiliklar

Uli SHtilike: “Osiyo hamda Evropa o'rtasidagi tafovutni yo'qqa chiqara olamiz”

O'zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2018 3-saralash bosqichidagi raqibi – Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Uli SHtilike Espn.com muxbiriga bergan intervyusida terma jamoa rejalari haqida so'zlab berdi.

JCH-2018 saralash bahslariga tayyorgarlikni iyun oyida Ispaniya hamda CHexiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlari bilan boshlaydigan Janubiy Koreya terma jamoasi so'nggi o'yinlarda ajoyib statistik ko'rsatkichlarni qayd etgan. O'tgan yili Avstraliyada bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi bahslaridan so'ng Uli SHtilike jamoasi jami 15ta o'yin o'tkazdi va ulardan 12tasida g'alaba qozonib, 3ta o'yinda durang o'ynagan. Mazkur o'yinlarda koreyaliklar jami 44ta gol urib, o'z darvozalaridan atigi 2ta gol o'tkazib yuborishgan.

Janubiy Koreya milliy terma jamoasi mazkur seriyani JCH-2018 saralash turnirida ham davom ettirishni maqsad qilgan. Uli SHtilike bosh murabbiyligidagi terma jamoa 1 iyun kuni Avstriyada Ispaniya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Takidlash joiz, koreyaliklar Evropa jamoalariga qarshi so'nggi bor bundan ikki yil oldin o'ynagan edilar. Janubiy Koreya terma jamoasi uchun omadsiz yakunlangan Braziliyadagi Jahon chempionatida Belgiya koreyaliklarni 1:0 hisobida mag'lub etgan edi.

Malumot uchun, Janubiy Koreya terma jamoasi 1 iyun kuni Ispaniya, 5 iyun kuni esa CHexiya terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Mazkur o'yinlar terma jamoa uchun JCH-2018 saralash o'yinlari oldidan dastlabki tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.

Ayni damda Ispaniyada yashaydigan va maxalliy OAVga ko'plab intervyularni ispan tilida beradigan Uli SHtilikening aytishicha, Ispaniyaga qarshi o'yin terma jamoa uchun navbatdagi muhim o'yinlar oldidan katta sinov vazifasini o'taydi. “Albatta, natija muhim emas, asosiysi o'yin falsafamizni hamda koreyaliklarga hos mentalitetimizni yo'qotmaslik. Ammo, aniq ayta olamanki, Ispaniya hamda CHexiyaga qarshi o'yinlarda biz shunchaki raqib uchun sparring-raqib vazifasini bajarib bermaymiz”.

“Biz o'rin olgan guruh, ikkinchsiga qaraganda kuchliroq deb o'ylayman. Eron, Qatar, O'zbekiston, Xitoy hamda Suriyaga qarshi o'yinlar oson bo'lmaydi. Bu terma jamoalar ham, Osiyoning eng etakchilari qatorida va biz birgalikda Osiyo hamda Evropa futboli o'rtasidagi ko'prikni yo'qqa chiqara olamiz. Biz navbatdagi o'yinlarga tayyorgarlikni yuqori saviyada olib borishni va guruhda dastlabki ikki o'rindan birini egallashni maqsad qilganmiz”, - deydi SHtilike.

Takidlash lozim, Janubiy Koreya milliy terma jamosi o'zagini belgilab beradigan ko'plab o'yinchilar ayni damda Evropada to'p surishadi. Ammo, murabbiylar shtabi ularning barchasi ham o'z klublarida etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotganidan havotirda. Aynan shuning uchun ham, Janubiy Koreya terma jamoasining so'nggi o'yinlariga Angliya va Germaniyada to'p surayotgan bir qator futbolchilar jalb etilmagan. Terma jamoa bosh murabbiyi xuddi shu sabab tufayli Li CHun Yon ("Kristal Pelas"), Kim Jin Su ("Xoffenxaym") hamda Pak Ju Xo ("Borussiya Dortmund")ni Janubiy Koreyaning so'nggi o'yinlariga taklif etmagan edi.

Albatta, germaniyalik murabbiyning bu siyosatini ko'p tanqid qilishdi. Ammo, murabbiy barcha o'yinlarga terma jamoani eng kuchli holatida tayyorlashga qaror qilganini va muhim o'yinlarda terma jamoa shanini himoya qilayotgan futbolchilar optimal formada bo'lishlari kerakligini takidlagan.

Ayni damda, Ki Sun Yon ("Suonsi") hamda Son Xen Min ("Tottenhem") kabi futbolchilar ajoyib mavsumni o'tkazishdi va terma jamoaga katta foyda olib kelishlari mumkin.

Ispaniya terma jamoasiga qarshi o'yin oldidan Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi terma jamoa futbolchilari yaxshi kayfiyatda ekanligini aytdi. Ispaniya hamda CHexiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlari esa, Janubiy Koreya terma jamoasi uchun JCH-2018 saralash o'yinlariga tayyorgarlik bosqichi vazifasini boshlab beradi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика