Uli SHtilike: "Janubiy Koreya 70 emas, 90 daqiqa davomida yaxshi o'ynashi kerak"
02 sen 2016 13:14
Yangiliklar
Uli SHtilike: "Janubiy Koreya 70 emas, 90 daqiqa davomida yaxshi o'ynashi kerak"
JCH-2018 saralashi doirasidagi Janubiy Koreya - Xitoy (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Uli SHtilike o'z fikrlarini bildirdi.
"Oxirgi 15-20 daqiqada o'z xatolarimiz tufayli raqibga o'yinga qaytishiga imkon yaratib berdik. Bunda o'ynab bo'lmaydi.
"3:0 hisobida oldinda borayotgan o'yinimiz biz uchun juda og'ir bahsga aylanib ketdi. Ikkita gol o'tkazib yubordik.
"Birinchi gol o'z xatoimiz tufayli o'tkazib yuborildi, ikkinchi gol esa ogohlik qo'ng'irog'i bo'ldi. Birinchi o'ta muhim o'yinni yutganimizdan xursandman. Biz 70 emas, 90 daqiqa davomida yaxshi o'ynashimiz kerak", - deydi Uli SHtilike OFK rasmiy saytiga.
Fikrlar