So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  2 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Uli SHtilike: "Bugun kim yutqazsa ertaga uyga qaytishini bilardik" Yangiliklar

Uli SHtilike: "Bugun kim yutqazsa ertaga uyga qaytishini bilardik"

Janubiy Koreya - O'zbekiston (2:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Uli SHtilike ishtirok etdi.
"Bugun 120 daqiqa kurash kechdi. Asosiy maqsadimiz Avstraliyaga qarshi o'yinni ko'rsatish edi va buning uddasidan chiqdik. Bugun kim yutqazsa ertaga uyga qaytishini bilardik. Agar yarim finalga chiqa olmaganimizda men ham, futbolchilar ham katta bosim ostida qolishardi, lekin biz g'alaba qozonib bosimni enga oldik.   

Birinchi taymda o'yinimiz chiqmadi, lekin ikkinchi bo'limda yaxshi harakat qildik. Qo'shimcha bo'limlarda esa ikkita gol urib g'alaba qozondik", - deydi Uli SHtilike.

Kvak Tay Xvi:
O'yindan oldin qiyin bo'lishini bilardik, lekin biz oxirigacha harakat qildik va g'alaba qozondik.

- Birinchi bo'limda nimaga o'yin qovushmadi?
Kvak Tay Xvi:
- Birinchi taymda chindan ham xatolar bo'ldi, tanaffusda murabbiy to'g'ri ko'rsatmalarni berdi, o'zimizga kelib olishtimizni aytdi. Keyin o'yinimiz qovushib ketdi. 

- Eng yaxshi futbolchi deb topilganizga qanday qaraysiz?
- Futbol jamoaviy o'yin, lekin tashkilotchilar meni topishdi va bundan xursandman. Gol o'tkazganimizda uyga qaytishimiz mumkin edi, shu bois meni tanlashdi deb o'ylayman.

- Oxirgi 20 daqiqada gol urilganini izohlab bersangiz?
- Avvalgi o'yinlarda ikkita hujumkor futbolchimiz eng yaxshi deb topilgandi. Demak o'yinimiz chakki emas. Qaysi daqiqada bo'lmasin gol urishga harakat qilamiz. Muhimi, g'alaba qozonsak bo'lgani.

- Son Xyong Minning uyinini kanday baxolaysiz?
- U yaxshi harakat qildi. Ikkita gol urdi, ammo ko'p vaziyatlarda to'pni yo'qotdi. ECHLda o'ynadyigan futbolchi uchun bunday harakat yarashmaydi. Yarim finalda yanada yaxshi o'ynashini kutyapman.

- O'zbeksiton bilan Avsni takkoslay olasizmi?
- Avstraliyada hujumda kuchli, ularda kuchli ijrochilar ko'p xatto Tim Keyxil ham zaxirada qolib ketishi mumkin. Lekin O'zbekiston bizga qarshi 120 daqiqa o'ynadimi, demak ular ham kuchli. O'zbekiston 90 daqiqa yaxshi harakat qildi, keyin esa o'yin biz tomonga ko'chdi.

O'zbekiston himoyaga urg'u bergan holda o'ynadi. Qolaversa, ularda ham golga tortadigan vaziyatlar bo'ldi. To'g'risi men o'yin 120 daqiqa davom etadi deb o'ylamagan edim. 

- Yarim finalda kimga qarshi o'ynashni xohlaysiz?
- Men matematik emasman, kim tushishinini ham bilmayman. Eronmi, Iroqmi farqi yo'q. Kim tushsa ham o'ynayveramiz. Asosiysi yutsak bo'lgani.  


Xayrulla Xoliqov
Melburn
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика