Ule Gunnar Sulsher: "Agar Pogba tarkibda bo'lsa, jamoani uning atrofida qurish kerak"
17 iyu 2019 13:20
Yangiliklar


Ule Gunnar Sulsher: "Agar Pogba tarkibda bo'lsa, jamoani uning atrofida qurish kerak"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher jamoa xavbeki Pol Pogbaning qolishiga umid qilmoqda.
Futbolchini "Real" hamda "Yuventus" klublari o'z tarkibida ko'rishni xohlashmoqda.
- Pol - fantastik o'yinchi va ajoyib inson, u doimo haqiqiy professional bo'lgan, - deydi Sulsher. Biz har doim u bilan yaxshi aloqada bo'lganmiz.
Men oldin ham aytganman, agar u tarkibda bo'lsa, jamoani uning atrofida quraman va men o'z fikrimni o'zgartirmayman.
Yarim himoyachi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 52ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 9ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar