"Ular shunchaki favorit emas, super-favorit" – Venger EVRO oldidan Franciya termasi haqida
08 iyu 2021 22:08
Yangiliklar
"Ular shunchaki favorit emas, super-favorit" – Venger EVRO oldidan Franciya termasi haqida
"Arsenal"ning franciyalik afsonaviy murabbiyi Arsen Venger Evropa chempionati oldidan Franciya milliy jamoasi haqida to'xtaldi.
"Ular shunchaki favorit emas, super-favorit. "Favorit " so'zi ham etarli emas. Franciya jahon chempionligini qo'lga kiritdi, ularda Kante, Pogba, Benzema, Grizmann, Koman, Jiru, Debmele bor, men sanab o'tishda yarmini aytmadim.
Ularning zaxira o'rindig'ida dunyoning istalgan terma jamoasida o'ynay oladigan 11 futbolchi bo'ladi. Demak, Franciyaning jahon chempioni ekanligini va jamoa hattoki hali o'z cho'qqisiga chiqib ulgurmaganligi haqidagi faktlarni inkor etib bo'lmaydi.
Bu jamoa hamon rivojlanmoqda, yigitlar hali yosh. Ikki-uch o'yinchini hisobga olmaganda, jamoaning asosiy qismi yoshlardan iborat", – dedi Arsen Venger.
Fikrlar