So’nggi yangiliklar

18:12Расман: "Арсенал" Артета билан шартнома узайтирилганини эълон қилди  0 17:34"Sky Sports" трансляцияси туфайли АПЛ учрашуви вақти ўзгартирилди  2 17:05ПРО-Лига. "Бухоро" - "Машъал" 0:1  0 16:32Ла Лигада ирқчилик туфайли ўйинлар қолдирилиши мумкин. Ҳакам 3 бор огоҳлантиради ва кейин ўйинни буткул тўхтатади  3 16:01Футзал бўйича жаҳон чемпионати ўйинларига чипта олмоқчи бўлганлар диққатига!  3 15:29"Барселона" ва "Бавария" юлдузларини алишиши мумкин  9 15:01Мавсум охирида шартномаси якунланадиган Артета "Арсенал" билан келишиб олди  1 14:27Нидерландия футзал терма жамоаси устози: "Ўзбекистоннинг мундиалгача бўлган барча тайёргарлик жараёнларини ўргандик"  1 13:57ПСЖ Мбаппега "Реал"дан ўринбосар топди  2 13:35Нидерландия терма жамоаси футзалчиси: "Ўзбекистон ва Нидерландиянинг даражаси деярли тенг"  0 13:05"Ал Ҳилол" "Барселона" вингери учун 100 млн евро таклиф қилган  4 12:45"Милан" ярим ҳимоячиси камида уч ойга сафдан чиқди  0 12:18Саудия Арабистонига бормаган Серхио Рамос фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин  1 12:00Ўзбекистон футзал терма жамоаси испаниялик мураббий қўл остида жаҳон чемпионатига қандай тайёргарлик кўрди?  1 11:15"Реал" сотилган абонементлар бўйича етакчи, "Барселона" эса...  3

“Ular hayotimni barbod qildi”. Yakvintani 2 yilga qamashdi Yangiliklar

“Ular hayotimni barbod qildi”. Yakvintani 2 yilga qamashdi

2005 yilning yozida “Udineze” klubida hamma narsa “alanga olgandi” va bunga quyosh sababchi emasdi.

Luchano Spalletti jamoasi 2004/2005 yilgi mavsumda A Seriyada to'rtinchi o'rinni qo'lga kiritgan edi. Biroq bu omadli mavsumdan so'ng, u jamoani yanada kuchaytirish uchun imkon topolmay, Rimning “Roma” klubida ish boshlaydi. Oqibatda esa ko'plab muxlislar bundan norozi bo'ladi. Vinchenco Yakvinta bu holatdan tushkunlikka tushib shunday deydi: “Biz Luchano bilan ajoyib ishladik, ammo CHempionlar Ligasi boshlanish arafasida u bizdan ketdi...”

Ular “Friuli” stadionida bo'lib o'tgan CHempionlar Ligasi guruh bosqichining birinchi o'yinida “Panatinaikos” klubi bilan o'ynashgan. O'sha uchrashuv Vinchenco uchun ham, “Udineze” klubi uchun ham ECHLdagi ilk o'yin edi. Hakamning dastlabki hushtagidan oldin Yakvinta biroz asabiylashayotganini sezish qiyinmasdi. Biroq u 76-minutdan keyin Di Natale bilan to'p surib, xet-trik qilishga muvaffaq bo'lgan edi.

Uchinchi goldan so'ng, u futbolkasini echib, muxlislar bilan birga bu lahzalarni nishonlagan. Yakvinta Italiyaning Kalabriya tumanida tavallud topgan. Bo'yi 190 sm bo'lgan bu yigit “Udineze”ning hujum qismida juda tez harakatlana olardi.

Uning mehnatsevarligi, uzun sochlari va ko'plab gollari muxlislarni ham, Lippini ham hayratlantirgan edi. 2005 yilda Vinchenco terma jamoada faoliyat yurita boshladi. Bir yildan keyin esa Germaniyada bo'lib o'tadigan Jahon CHempionatiga yo'l oldi. Gana terma jamoasi bilan uchrashuvda qoyilmaqom harakatlari bilan darvozabonni chalg'itib, darvozani ishg'ol qilishga muvaffaq bo'lgandi. Bundan tashqari, yarim final va finalda ham ajoyib o'yin ko'rsatolgan. Franciya bilan bo'lgan bahsdan keyingi taqdirlash marosimida u qo'lida kubok, ko'zlarida esa yosh bilan suratlarga muxrlangan. Kalabriyalik bolakayning orzulari amalga oshdi. — “Men lol edim. Men hattoki, bir yil avval ham terma jamoa tarkibida yo'q edim. Bugun esa Jahon Kubogi mening qo'limda turibdi. Aqlbovar qilmaydi. Bu fantastika!”, — deydi Yakvinta.            


Keyingi mavsum esa qiyin kechdi. Muxlislarga Vinchenconing yangi shartnomasi bo'yicha harakatlari biroz xush kelmadi. U klub istagan shartlar asosida kelishuv muddatini uzaytirishni istamadi. Lekin shunda ham mavsum oxiriga qadar chempionat bahslari doirasida 14 marta raqiblar darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi.

Vinchenco “Kastel Di Sangro”da (Italining eng kichkina shahri) 52ta o'yinda bor yo'g'i 8ta gol urgandi. Ammo “Udineze”da esa bor mahoratini ko'rsatishga harakat qildi va buning uddasidan chiqoldi.

Yangi klubda u Mucci, Sosa va Mardjotta bilan birga maydonga tushgan. Biroq ular qahramonimiz maydonga bemalol harakatlanishiga to'sqinlik qilishgan. Vaqt o'tgan sari Spalettining yordami tufayli Yakvinta raqiblarini ortda qoldirib, terma jamoaning haqiqiy futbolchisiga aylana oldi. 2006 yilda “Barselona”ga o'tib ketishi mumkin edi. Ammo, transfer narxini kelishila olmay, bu shartnoma amalga oshmadi. Tifozilar futbolchi jamoada qolib, klubga sodiq bo'lishini istashgan edi. Biroq,  hammasi ham ular o'ylagandek bo'lmadi.        

Ha, Vinchenco Kataloniyaga o'tmadi. Lekin, V Seriyadan A Seriyaga qaytgan “Yuventus” ko'proq gol urib, chiroyli o'yin ko'rsatishni xohladi. Klaudio Raneri jamoasi hujumda yana ham tajavvuzkor bo'lishi uchun Yakvintani sotib olishni so'radi. Va 2007 yilning yozida “Udineze” hisobiga 11 million evro o'tkazib, Vinchenconi xarid qildi.

2008 yil qishda “Friuli” stadionida “Yuventus”ga kelgan Yakvinta sobiq jamoasi “Udineze”ni juda og'ir ahvolga solib qo'ydi. Nedvedning ajoyib pasidan so'ng Vinchenco hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirdi. Tifozilar futbolchiga ochiqchasiga norozi ekanliklarini bildirishdi. Vinchenco esa bunga etibor bermadi: “Men yuqori cho'qqiga chiqoldim. Endi buyog'iga oson bo'lmaydi. Menga bo'lgan bosim kuchaymoqda. Ammo bu menga yoqyapti”.



Yakvinta Raneri davridan zaxiradan maydonga tushib, o'yinni kuchaytirgan. Ammo Amauri va Trezegining jarohat olishi, qaxramonimiz uchun asosiy tarkib eshiklarini ochib berdi. Yakvinta ikki mavsum davomida deyarli 20ta gol urdi va “Yuventus” muxlislarining sevimli futbolchilaridan biriga aylandi: “Men maydonga bor yo'g'i 5-10daqiqaga tushsam ham, foydali o'yinchi bo'lishga harakat qilaman”.

2009 yil CHiro Ferrara klubga rahbarlik qilgan paytda Yakvinta sermahsul davrini boshdan o'tkazdi. U dastlabki 6ta turda 3 marotaba gol urdi va 2ta golli pas berdi. “Agar ahvolim yaxshi bo'lsa, har qanday o'yinchi bilan raqobatlasha olaman”, — deydi Yakvinta “Fiorentina” bilan bo'lgan uchrashuvdan oldin.

O'sha bahsda u golli pas berganidan so'ng uning o'rniga boshqa futbolchini maydonga tushurishlarini so'ragan. Stadiondan uni shifokorlar olib chiqib ketishgandi. Ertasi kuni uning tizza mushaklari bilan bog'liq muammo borligi aniqlangan. Yakvinta bunga jiddiy etibor bermay, dekabrda yana maydonga tushishga qaror qilgan. “CHelsi” klubi ushbu futbolchiga qiziqish bildirganida, u ishonch bilan: “Men “Yuventus”da o'ynashni xohlayman degan edi”.    

Ammo hammasi butunlay boshqacha tus oldi. Fevralda ham uning tizzasidagi og'riq bezovta qilayotgandi. U mart oyi oxirlaridagina to'liq tuzala oldi, xolos. Bu vaqtga qadar esa qoniqarsiz natijalar sabab Ferrarani lavozimidan chetlashtirib, uning o'rniga esa qahramonimizning qobiliyatiga shubha qilgan Dzakkeronini tayinlashgan. Tinimsiz jarohatlar tufayli Yakvintaning faoliyati teng ikkiga bo'linib qoldi.

Jarohatlar soni bir-biriga ulanib ketaverdi. Bu holatni “Yuventus”ga Konte murabbiy bo'lib kelishi ham, futbolchini “CHezena” jamoasiga ijaraga berish ham o'zgartirolmadi. Yakvinta doping istemol qilishi haqida mish-mishlar tarqalib ketdi. Lekin Vinchenco bu gaplar yolg'on ekanini aytib, to'liq sog'ayib ulgurmay, yana jarohat olgani to'g'risida malumot berdi.

Qahramonimiz boshqa yangi klublarda ish boshlashga harakat qilgan. Ammo bundan hech qanday ijobiy natija chiqmagan. 2013 yilda u shunday qarorga kelgan: “Men yana uch yil o'ynashim mumkin edi, lekin faoliyatimga nuqta qo'yishga qaror qildim. Tinimsiz jarohatlar har qanday futbolchini ham aqldan ozdirishi mumkin”.  

Yakvinta faoliyatini 33 yoshida yakunladi. Biroq, bu bilan muammolar o'z echimini topgani yo'q.


2015 yilning dekabr oyida Vinchenco “Ndrangeta” (Kalabriyadagi jinoiy guruh) ishi bo'yicha 140ta gumondor shaxs orasida bo'lgan. XX asr oxirlariga kelib, jinoiy guruh “Koza Nostra”dan ajralib chiqib, giyohvand moddalar savdosi bilan shug'ullana boshlagan.

90-yillar boshida Italiyadagi deyarli barcha giyohvand moddalar savdosi Kalabriya jinoiy guruhi qo'lida edi. Bundan tashqari, ular yadroviy materiallar savdosi, zo'ravonlik, qimor, talon-tarojlik, qurol savdosi, firibgarlik, siyosiy korrupciya kabilar bilan ham shug'ullangan. Umuman olganda, barcha soha ustidan nazorat o'rnatishga uringanlar. Ushbu ish bo'yicha 2016 yilning mart oyida sud muhokamasi boshlandi. Gumondor shaxslarning asosiy qismi korrupciya va mansabdor shaxslarga bosim o'tkazish bo'yicha aybdor deb topildi. Biroq, Yakvintaning ularga umuman aloqasi yo'q edi. Sobiq futbolchi jinoiy guruhga qo'shilish va qurol saqlash qoidalarini buzishda ayblangan. Prokuratura uni 8 yil ozodlikdan mahrum qilishni so'ragandi.

Va nihoyat, 2018 yil tergov ishlari yakunlanib, Vinchenco aybsiz deb topildi. Biroq, qurol ishlatish bilan bog'liq vaziyat o'z tasdig'ini topdi. Yakvintaning otasi yonidan o'g'li nomiga rasmiylashtirilgan bir nechta qurol turlari topildi. Vinchenco qurollarni avvaliga uyda, keyin esa otasining qo'lida ko'rganini tasdiqlagan. Eslatib o'tamiz, huquqni muhofaza qilish organlarini ogohlantirmasdan qurolni boshqa shaxsga topshirish jinoyat hisoblanadi. Bundan tashqari, 2012 yildan boshlab otasi quroldan foydalanish huquqidan mahrum etilgandi. Yakvinta sud jarayonida revolver va miltiqni nima uchun sotib olganini tushuntirib berdi: “Men mashhur insonman. SHu sababdan, oila azolarimning xavfsizligi uchun qurol sotib olganman”, — deydi futbolchi.  

Yakvintaning otasi Djuzeppe avval biznes bilan shug'ullangan. 2012 yilda esa jinoiy harakatlari va turli guruhlar bilan aloqadorligi tufayli shahar-tuman savdo ishlarida ishtirok etishi hamda quroldan foydalanish huquqidan mahrum etilgan.  

Yaqinda sud qaroriga ko'ra, Yakvinta qurol saqlash qoidalarini buzganligi uchun ikki yil, otasi esa 19 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Sobiq futbolchi sud zalidan quyidagi gaplarni aytib chiqib ketdi: “Bu kulgili! Bu sharmandalik! Menda ayb yo'q! Bundan oila azolarim jabr ko'ryapti, xolos. Men hattoki, jinoiy guruh nomini ham bilmayman. Ammo adolat qaror topadi deb umid qilaman”.  


Nozima Zaripova tarjima qildi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика