“Ular bunga loyiq”. Pep “Liverpul” uchun chempionlik koridori tashkil qilinishini tasdiqladi
28 iyu 2020 09:28
Yangiliklar


“Ular bunga loyiq”. Pep “Liverpul” uchun chempionlik koridori tashkil qilinishini tasdiqladi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoasi APL 32- turida “Liverpul”ga qarshi bahs oldidan raqib jamoa uchun “Ettihad” stadionida chempionlik koridori tashkil qilishini tasdiqladi.
“Albatta biz ular uchun chempionlik koridorini tashkil qilib beramiz. Biz har doim “Liverpul”ni chin dildan qabul qilamiz, ularni nolishlariga asos qoldirmaymiz. Albatta, biz ular uchun bu ishni (koridor) tashkil qilamiz, chunki ular bunga loyiq” deydi Gvardiola.
“Manchester Siti” – “Liverpul” uchrashuvi 2 iyul kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar