So’nggi yangiliklar

08:02Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  0 07:40Суперлига. "Навбаҳор" ОКМК устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди, иккала жамоанинг биттадан голи ҳисобга олинмади  0 07:3040 ёшли Касорланинг голи “Овьедо“га 24 йиллик танаффусдан сўнг Ла Лига йўлланмасини қўлга киритишда ёрдам берди  0 03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  1 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  27 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  8 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  87 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  18 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  1 19:23"Реал"га Родри керак  9 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  9

Ukrainalik taniqli murabbiy chegaralar yopilgani sababli o'z vataniga qayta olmadi Yangiliklar

Ukrainalik taniqli murabbiy chegaralar yopilgani sababli o'z vataniga qayta olmadi

Qarag'andaning "SHaxtyor" klubi bosh murabbiyi Vyacheslav Grozniy mahalliy chempionat to'xtatilgandan so'ng, Qozog'istonda qoldi va Ukrainaga qayta olmadi.

Murabbiy bu haqda Metaratings.ru saytiga bergan intervyusida aytib o'tdi.

"15 mart kuni biz Qozog'iston chempionatida so'nggi o'yinimizni o'tkazdik, bahs tomoshabinlarsiz kechdi. Ikki kundan keyin Qozog'iston prezidenti mamlakatda to'liq karantin elon qildi. Mahalliy yigitlar o'z oilalari bag'riga ketishdi, men esa jamoamiz legionerlari bilan birgalikda Olma-otadagi mehmonxonalardan biriga joylashdik va bu uchun klubimiz rahbariga minnatdorchilik bildiraman. Bu er juda go'zal shahar, men buni ilgari Qozog'istonda ishlagan paytimda bilganman. Biroq, hozirgi vaziyatda, albatta, uning go'zalligini ko'ra olmaymiz. Biz mehmonxonadan deyarli chiqmaymiz. Bu erda siz hatto taksiga ikki kishi chiqa olmaysiz, agar do'konga chiqish zaruratingiz bo'lsa bir o'zingiz, niqob taqqan holda chiqasiz.

Avvalroq, Qozog'iston prezidenti 15 martdan bir oy muddatli karantin elon qilgandi. SHundan so'ng, Ukrainaga jo'nashning iloji yo'q edi, chunki barcha reyslar bekor qilindi, chegaralar yopildi.

Karantin qachon tugaydi? Buni hech kim bilmaydi. Hozircha hech kim virus bilan bog'liq vaziyat yakuniniy sanasi bo'yicha taxmin qila olmaydi. Biz barcha karantin talablariga rioya qilamiz va kutamiz. Ushbu virusni to'xtatish uchun o'zingizni imkon qadar ko'proq izolyaciya qilishingiz kerak, degan fikrga qo'shilaman. Tabiiyki, hozir futbol haqida o'ylash g'alati bo'lar edi. Lekin, shunga qaramasdan futbolchilarimizning barchasi masofaviy topshiriqlarga asosan, yakka tartibda shug'ullanishmoqda", - dedi Grozniy.

To'xtalishdan oldin Qozog'iston chempionatida ikkita to'liq tur o'tkazilgandi. Unga ko'ra, Qarag'andaning "SHaxtyor" jamoasi uch ochko to'plagan holda sakkizinchi pog'onani egallab turibdi.


manba: Metaratings.ru

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика