So’nggi yangiliklar

10:52Анчелотти ўз антирекордини янгилади  2 10:43"Қўқон-1912" 27 йилдан сўнг бундай натижани қайд этди   0 10:23Кечаги учрашув якунидан сўнг «Реал»нинг яна икки футболчиси қизи олди  20 10:08Иван Бошкович: «Жуда муҳим уч очкони қўлга киритдик»  1 09:52Анчелотти кечаги аламли мағлубиятдан сўнг нималар деди?  5 09:44Флик "Реал" устидан қўлга киритилган ғалабадан сўнг нима деди?   10 09:16Суперлига. Бугун "Пахтакор" - "Шўртан" ва яна 2 та ўйин бор   3 08:20Суперлига. "Қўқон-1912" ва "Сўғдиёна" биттадан гол уриб ғалабага эришди, "Машъал" — "Сурхон" учрашувида эса мухлислар гол кўришмади  0 07:55Испания Кубоги финал. "Барселона" - "Реал Мадрид" 3:2  7 04:25Александр Хомяков: "Аламли мағлубиятни қабул қилиб олдик"  11 04:06Февзи Давлетов: "12 та бурчак зарбаси ижро этди, 20 га яқин зарбалар бердик, аммо вазиятдан фойдаланиш борасида оқсадик"  0 03:45"Барселона" финалдаги супер ўйинда "Реал"ни камбэк эвазига мағлуб қилди!  347 03:22Асрор Алиқулов: "Рақиб ҳимояланишимизга мажбур қилди"  0 03:05Баҳром Ҳайдаров: "Бизга натижа чиройли ўйиндан кўра муҳимроқ эди”  0 02:34Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" ва "Ал Насср" қийинчиликсиз ярим финалга йўл олди  21

Ukrainalik "gigant" - Vladimir Klichko haqida Yangiliklar

Ukrainalik "gigant" - Vladimir Klichko haqida

Teglar :  BoksKlichko
Bugun ukrainalik afsonaviy bokschi Vladimir Klichko o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

SHu munosabat bilan charm qo'lqop ustasi haqidagi malumotlarni etiboringizga havola qilamiz. 

Superog'ir vazn toifasi bokschisi Vladimir Klichko1976 yilning 25 mart sanasida Qozog'istonning Semipalatinsk shahrida tug'ilgan. Vladimir Klichko bokschi erishishi mumkin bo'lgan barcha sovrinlar sohibi bo'lgan. U ko'p bor WBA, IBO, IBF, WBO kamarlariga ega chiqqan. SHuningdek, 1996 yilda Atlanta mezbonlik qilgan Olimpiya o'yinlarida ham barcha raqiblarni mag'lub etib, chempionlikka erishgan.

Klichko ukrainalik bo'lishga qaramay, Qozog'istonda tug'ilgan. Gap shundaki, Klichkoning otasi harbiy bo'lgan, shu boisdan Klichkoning tug'ilish arafasida uning oilasi Semipalatinsk shahrida bo'lgan. Bir necha yillardan so'ng Klichkolar oilasi Ukrainaga qaytib keladi. Klichko 14 yoshida boks bilan jiddiy shug'ullanishni boshlagan. U boksdan tashqari talim bilan ham astoydil shug'ullangan. CHunki 2001 yilda Ukraina milliy universitetida jismoniy tarbiya va sport sohasida dissertaciya yoqlaydi.

Vladimir havaskor boksdan boshlab, janglarda omadli ishtirok etib kelgan. CHunki, u bir necha bor Ukraina, Rossiya, Italiya, Germaniyada tashkil etilgan nufuzli turnirlarda g'olib bo'lgan. Uning havaskor boksdagi eng muhim g'alabasi Olimpiada chempionligidir. Klichkoning Olimpiadaga borishi tarixi ham qiziq bo'lgan. Negaki, u dastlab musobaqadda qatnashuvchilar ro'yxatida bo'lmagan, uning o'rnida akasi Vitaliy Klichko bo'lgan. Ammo, akasini diskvalifikaciya qilishgandan so'ng kichik-Klichko akasining o'rniga Atlantaga boradi va barchaning ishonchini oqlab, Ukrainaga chempion sifatida qaytadi. 

Olimpiadadagi muvaffaqiyatan so'ng, Klichko professional boksga o'tishga qaror qiladi. Klichko professional boksda jami 69 bor ringga ko'tarilgan va ularning 64 tasida g'alaba qozongan. G'alabalarining 54 tasida raqiblari jangning oxiriga qadar turib berolmagan. Klichko faoliyati davomida besh bor mag'lubiyat alamini tortib ko'rishga majbur bo'lgan. Klichkoga bir necha rekordlar ham tegishlidir. Misol uchun, eng ko'p titul jangda g'alaba qozongan (25 ta jangning 23 tasida), shuningdek eng uzoq vaqt davomida chempionlik kamarini o'zida ushlab turgan (4382 kun). Klichko doim raqib tanlashga qattiq etibor bergan, chunki u doim vazn toifasining eng kuchlilari bilan jang qilgan. 


Klichkoning professional boksdagi eng qiziqarli janglarini yodga olamiz.

Vladimir Klichko- Ruslan CHagaev

2009 yilning 20 iyunida Klichko amaldagi WBA kamari sohibi Ruslan CHagaev...


Klichko haqidagi maqolaning to'liq qismi quyidagi sahifada > > > Ukrainalik "gigant" - Vladimir Klichko haqida

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика