Ukraina Superkubogi uchun o'tkazilgan "Dinamo Kiev" – "SHaxtyor" bahsi yakunlandi
29 iyu 2019 01:05
Yangiliklar


Ukraina Superkubogi uchun o'tkazilgan "Dinamo Kiev" – "SHaxtyor" bahsi yakunlandi
Bahsda hisob ilk bo'limning hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarida donecliklar yarim himoyachisi Alan Patrik tomonidan ochildi. Keyin esa ikkinchi bo'lim tugashiga 10 daqiqa qolganida Nikita Burda oradagi farqni tenglashtirdi. Ushbu goldan biroz o'tib, kievliklar azosi Denis Garmash g'alaba to'pini kiritib, uchrashuvga nuqta qo'ydi.
SHu tariqa, «Dinamo Kiev» o'z tarixida sakkizinchi bor Superkubok egasiga aylandi va bu borada eng ko'p titul sohibi, yani, bugungi raqibi «SHaxtyor»ga tenglashib oldi.
«Dinamo Kiev» – «SHaxtyor» 2:1 (0:1, 2:0)
«CHernomorec» stadioni.
Gollar: 0:1 – 45 Alan Patrik, 1:1 – 80 Burda, 2:1 – 83 Garmash.
«Dinamo Kiev» – Boyko, Mikolenko, Burda, Kendzera, Kadar, Garmash (Sidorchuk, 84), Karavaev (de Pena, 68), Verbich (Citaishvili, 73), SHepelev, Buyalskiy, Besedin.
«SHaxtyor» – Pyatov, Xocholava, Krivcov, Ismaili, Bolbat, Alan Patrik (Dentino, 87), Stepanenko, Marlos, Solomon (Tete, 66), Tayson, Moraes.
Ogohlantirishlar: Xocholava (29), Buyalskiy (45), Kadar (72).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar