So’nggi yangiliklar

10:50"Барселона" асосий футболчиси билан янги шартнома имзолайди. Товон пули 500 миллион евро!  1 10:23ЖЧ-2026 саралаш. Бугун Осиёда иккита даҳшат ўйин бор  9 10:01Юрген Клопп: "У - 100 йилда бир марта пайдо бўладиган истеъдод"   1 09:18U-20 терма жамоамиз Қозоғистонга қарши майдонга тушади  0 08:51Бугун ўсмирларимиз яна бир бор Туркияга қарши баҳс олиб боради  3 08:26ЖЧ-2026 саралаш. Бельгия, Украина, Германияда ғалаба, Францияда эса... + қолган натижалар  0 07:58"Жуда меҳнаткаш, интизомли ва барқарор жамоа" — Бьелса Ўзбекистон терма жамоаси ҳақида  6 07:30Sofascore. Уругвайга қарши баҳсда йигитларимиз неча баҳо олишди?  14 00:07Игорь Сергеев: "Бундай жамоалар ҳеч қачон 90 дақиқа тўлиқ борини бериб ўйнамайди"  9 23:36Отабек Шукуров: "Шундай ўйинлар орқали Жаҳон чемпионатини ҳис қилиб оламиз"  23 23:21Кабо-Верде терма жамоаси тарихда илк бор Жаҳон чемпионатига йўл олди  12 22:35Абдувоҳид Неъматов: "Янги мураббийнинг талабларини бажаришга ҳаракат қиляпмиз"  20 22:10Элдор Шомуродов: "Умуман олганда ёмон ўйнамадик"  5 22:10Ушбу ФИФА кунлари охиргиси...   7 22:05"Динамо" назорат учрашувида "Машъал"ни таслим қилди  0

Ukraina futzal terma jamoasi bosh murabbiyi: "Maqsadimiz qiyin holatdagi ukrain xalqini biroz bo'lsa ham xursand qilish" Yangiliklar

Ukraina futzal terma jamoasi bosh murabbiyi: "Maqsadimiz qiyin holatdagi ukrain xalqini biroz bo'lsa ham xursand qilish"

Ukraina futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Oleksandr Kosenko Jahon chempionati startidan avval saytimizga kichik intervyu berdi.

- Avvalambor O'zbekistonga xush kelibsiz. Ukraina terma jamoasiga qanchalik tayyor? Dastlabki raqib Argentina terma jamoasini o'rganib chiqdingizlarmi?

- SHubhasiz, Argentina juda kuchli terma jamoa. Bizni qiyin uchrashuv kutib turibdi. Biz tarkibimizni ancha yangiladik va hozirgi tarkibimizda avvalroq mundialda ishtirok etgan ikki nafar futzalchi bor, xolos. Yosh futzalchilarimiz ushbu musobaqada debyut qilishadi. Birinchi uchrashuvda jamoa qanday holatda ekanligini bilib olamiz. Muhimi, jamoa o'z o'yinini va ishtiyoqini yo'qotib qo'ymasligi. Argentinadek kuchli terma jamoaga qarshi ham o'ynash olishimizga ishonaman. Faqatgina o'zimizga bo'lgan ishonchni yo'qotmasligimiz kerak.

- Guruhdagi boshqa jamoalar haqida fikr bildirib o'tsangiz? Argentina 2016 yilgi Jahon chempioni. Angola terma jamoasida esa portugaliyalik bosh murabbiy bor va jamoaning etakchilari Portugaliya chempionatida to'p tepishadi. Afg'oniston terma jamoasi o'z tarixida birinchi marotaba mundialda ishtirok etayotganiga qaramay, ular qo'shni mamlakat Erondan ko'p narsani qo'llashdi va Eron futzali kabi rivojlanishmoqda.

- Angola va Afg'oniston terma jamoalarining o'yinlarini ko'rib chiqdik va ular namoyish etayotgan o'yin meni hayratga soldi. Jahon chempionatida kuchsiz jamoaning o'zi yo'q deb o'ylayman. Har bir jamoa har kim uchun etarlicha muammo tug'dirishi mumkin. Osonlar o'yinlar bo'lmasligini bilamiz va shunga tayyorlanib boryapmiz.

- Ukraina terma jamoasi uchun qaysi bosqich muvaffaqiyatli natija deya qabul qilinadi?

- Bizda aniq bir maqsad yo'q va men buni ko'p marotaba aytib kelyapman. Biz o'yindan o'yinga kuchayib borishni maqsad qilganmiz. Eng avvalo guruhdan chiqib olishimiz kerak, keyin esa kim raqib bo'lishiga qaragan holda o'ynaymiz. Muhimi, biz ushbu musobaqaga tayyormiz. O'zbekistonda qancha vaqtga qolishimizni vaqt ko'rsatadi. Maqsadimiz ushbu qiyin pallada ukrain halqini biroz bo'lsa ham xursand qilish.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi


Eslatib o'tamiz, Ukraina futzal terma jamoasi Jahon chempionatidagi dastlabki uchrashuvini Argentinaga terma jamoasiga qarshi o'tkazadi, uchrashuv bugun soat 20:00da "Humo Arena"da o'tkaziladi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика