Ukraina bosh murabbiyi: "Favoritlar har doim g'alaba qozonavermaydi"
25 sen 2024 00:30
Yangiliklar
Ukraina bosh murabbiyi: "Favoritlar har doim g'alaba qozonavermaydi"
"Niderlandiya juda yaxshi jamoa. Uchrashuv qiyin o'tdi. Ammo shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman, sababi ular matonat ko'rsatishdi, taslim bo'lmadi va oxirigacha kurashdi. Bu biz uchun juda muhim jarayon hisoblanadi.
SHukrki, barcha rejalarimiz amalga oshmoqda. Mana isbot, chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdik. Endi keyingi raqibga qarshi tayyorgarlik ko'ramiz.
Keyingi raqibimizni ertaga bilib olamiz va g'alaba qozongan jamoaga qarshi tayyorlanamiz. Ispaniya — Venesuela juftligida favoritni ayta olmayman, chunki favoritlar har doim g'olib chiqavermaydi. SHunday ekan, qaysi jamoa ustun kelsa, o'sha jamoaga qarshi shaylanamiz.
SHu o'rinda, bizni qo'llab-quvvatlayotgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ularning qo'llab-quvvatlovi biz uchun juda muhim, ular bizga motivaciya beradi", dedi 54 yoshli mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Ukraina chorak finalda Ispaniya — Venesuela juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi.
Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar