So’nggi yangiliklar

00:07Игорь Сергеев: "Бундай жамоалар ҳеч қачон 90 дақиқа тўлиқ борини бериб ўйнамайди"  2 23:36Отабек Шукуров: "Шундай ўйинлар орқали Жаҳон чемпионатини ҳис қилиб оламиз"  9 23:21Кабо-Верде терма жамоаси тарихда илк бор Жаҳон чемпионатига йўл олди  10 22:35Абдувоҳид Неъматов: "Янги мураббийнинг талабларини бажаришга ҳаракат қиляпмиз"  13 22:10Элдор Шомуродов: "Умуман олганда ёмон ўйнамадик"  3 22:10Ушбу ФИФА кунлари охиргиси...   5 22:05"Динамо" назорат учрашувида "Машъал"ни таслим қилди  0 21:21Фабио Каннаваро: "Бизда буни ўнглаш учун яна 8 ой вақт бор"  52 21:21Рустам Ашурматов: "Ўйин томонлама кучайтирадиган жиҳатларимиз бор экан"  4 20:24Ўзбекистон терма жамоасининг 11 ўйинлик мағлубиятсиз серияси якунига етди  25 20:08Русланбек Жиянов: "Уругвай каби кучли жамоаларга қарши учрашувларда катта тажриба оламиз"  21 20:00Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон – Уругвай 1:2  10 19:52"Манчестер Юнайтед" собиқ бош мураббийи "Рейнжерс" билан музокаралар ўтказмоқда  0 19:38Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон Уругвайга кичик ҳисобда мағлуб бўлди  430 19:13МЮни сотиб олишга даъвогар тадбиркор клубга "Олтин тўп" соҳибини олиб келмоқчи  3

Uilson Raj Perumal haqida kino olgan, ertaga "Navbahor" - "Lokomotiv" uchrashuviga boradigan rossiyalik video bloger bilan suhbat Yangiliklar

Uilson Raj Perumal haqida kino olgan, ertaga "Navbahor" - "Lokomotiv" uchrashuviga boradigan rossiyalik video bloger bilan suhbat

Yaqinda saytimizda Uilson Raj Perumal bilan bo'lgan intervyu joylashtirildi.

Ushbu videoni suratga olgan rossiyalik video bloger Aleksey Smolyaninov yurtimizga uchib keldi. Youtube.com'dagi "Nevidannyy futbol" kanali egasi "Yovvoyi Osiyo" ("Dikaya Aziya") dasturi doirasida O'zbekiston futboli haqida kino olmoqda. Biz fursatdan foydalanib Aleksey bilan suhbatlashdik.


- Aleksey yurtimizga xush kelibsiz. Tassurotlaringiz qanday? Birinchi kun qanday o'tdi?

- Birinchi bor O'zbekistonga keldim. Taasurotlarim faqatgina ijobiy. Bugun ertalabdan kechgacha Toshkentda tasvirga olish ishlari band bo'ldik. Bugun "Paxtakor" klubining mashg'ulotlarida bo'ldik, bundan tashqari afsonaviy Birodar Abduraimov bilan "Paxtakor" tarixi haqida kichik intervyu o'tkazdik. 6 mart kuni Namanganga boramiz va "Navbahor" - "Lokomotiv" uchrashuvini tasvirga olamiz, 7 mart kuni Toshkentga qaytib "Bunyodkor" - "Mashal" uchrashuvida bo'lamiz va nihoyat 8 mart kuni "Paxtakor" - "Buxoro" o'ynida.  



- Loyihangiz haqida gapirib bering.

- Loyihaning maqsadi barchaga malum bo'lgan chempionat va klublar haqida emas balki ularning ostidagilarni yoritish. Krishtianu, Messi, "Barselona" yoki "Arsenal"ni emas balki Janubiy Koreya, O'zbekiston yoki masalan Malayziya klublari haqida ko'proq malumot berishni istayman. Osiyo men uchun juda ham qiziq qita. Bu erda o'zining chempionlar ligasi bor, o'z klublari bor. SHu bois o'tgan yil Osiyo qitasi bo'ylab turne qilishni rejalashtirdik va 2020 yil fevral oyidan "Yovvoyi Osiyo" (Dikaya Aziya) dasturini Janubiy Koreyadan boshladik.

- Nima uchun aynan O'zbekiston?

- Ushbu loyiha doirasida Sobiq Ittifoqning qaysidir davlatiga borishim kerak edi. Menimcha Rossiyadagi insonlarga bu erdagi futbol qiziq bo'lsa kerak. Ukraina va Belarus Rossiyaning yonida, barchasini bilamiz. O'zbekiston, Qirg'iziston va Tojikiston haqida esa u qadar emas. O'zbekiston futbolida sodir bo'layotgan o'zgarishlar haqida loyiham orqali malumot berishni xohladim. 2021 yildan yurtingizda bukmekerlik faoliyati qonuniylashtirilishi haqida o'qidim, bu ham rivojlanish sari tashlangan qadamlardan biri.



- Championat.asia sayti sizga aynan nimada yordam bermoqda?

- Ko'p narsada. Masalan, video materiallar, futbolchilar va jamoalar bilan aloqalar, akkreditaciya va o'zbek futbolidagi mashhur insonlar bilan intervyu tashkil etishda yordam beradi. Championat.asia sayti deyarli barcha narsada menga yordam bermoqda va buning uchun sayt xodimlariga minnatdorchilik bildiraman.

- Ancha oldin sizning kanalingizda Uilson Raj Perumal bilan rus tilidagi intervyu chiqqan edi. Championat.asia saytining yutubdagi kanalida esa o'zbek tilida taqdim etildi. Ko'plab o'quvchilar buni shunchaki o'g'rilik deb hisoblashdi. Bunga o'zingiz oydinlik kiritsangiz.

- Menga ham bu borada ko'plab murojaatlar kelib tushdi. Ammo bunday emas. Bu rolik championat.asia tomonidan mening roziligim bilan joylashtirilgan. Bizning championat.asia sayti bilan rasmiy hamkorligimiz bor. "Yovvoyi Osiyo" dasturidagi barcha videolar mening kanalimda rus tilida, championat.asia'ning yutubdagi kanalida o'zbek tilida taqdim etib boriladi.




- O'zbekistonda shaharlar va klublar ko'p. Nima uchun aynan "Navbahor"ni tanladingiz?

- Sababi "Navbahor" men uchun xalq jamoasi. Uning muxlislari juda ko'pligini bildim. "Navbahor"ni Vladikavkazning "Alaniya" klubiga o'xshatdim. 90-yillarda "Alaniya" stadioni to'lib toshardi va muxlislar jamoani faqat olg'a boshlashardi. Bu jamoada o'zbekistonlik Mirjalol Qosimov o'ynaganini ham bilaman.

- Koronavirus sizning "Yovvoyi Osiyo" dasturingizga tasir qilgani haqida eshitdik...

- Ha, tasir qildi. Dastlabki ikki qismni Xitoyda tasvirga olmoqchi edim. 7 fevral kuni Pekinga uchishim kerak edi. Uchishga 4 kun qolganida Rossiyadan Xitoyga reyslar bekor qilinganini bildim. Xitoydagi ikkita Osiyo chempionlar ligasi o'yiniga kirmoqchi edim. Bu o'yinlar ham keyinga qoldirildi. Xitoyda "Beyjing Goan" va "Guanchjou Evergrand" klublari haqida material tayyorlamoqchi edim. Yana "SHanxay SIPG" haqida ham. Agar barchasi yaxshi bo'lsa yozda Xitoyga boraman.



- Janubiy Koreyada 4 nafar o'zbekistonlik futbolchi bor. Nima uchun faqat Rustam Ashurmatov bilan intervyu qildingiz?

- Sababi Ikrom Aliboev bilan telefon orqali yozishganimda "Seul" klubi matbuot xizmatiga murojaat qilishimni so'radi. Klubga murojaat qildim, afsuski ulardan hech qanday javob kelmadi. Rustam Ashurmatov bilan barchasi oson bo'ldi, unga yozdim va rozi bo'ldi. Qolgan ikki legioner esa endigina Koreyaga keldi, shu bois hozircha ulardan intervyu olish to'g'ri emas deb hisobladim.


Alisher Xolmatov suhbatlashdi

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика