Uilksher tekinga "Feyenoord" azosiga aylandi
01 avg 2014 00:28
Yangiliklar
Uilksher tekinga "Feyenoord" azosiga aylandi
"Dinamo" jamoasining sobiq futbolchisi Dik Uilksher keyingi faoliyatini Gollandiya chempionatida davom ettiradi.
Avstraliyalik himoyachi "Feyenoord" bilan "1+1" tarzida shartnoma tuzdi.
Eslatib o'tamiz, Dik Uilksher 2006-2008 yillar mobaynida Gollandiya chempionatida ishtirok etgan. O'shanda futbolchi "Tvente" sharafini himoya qilgan va ayni paytdagi "Feyenoord" ustozi Fred Rutten qo'li ostida harakat qilgan edi.
Fikrlar