“Uigan”ni endi Uve Ryosler boshqaradi
07 dek 2013 18:29
Yangiliklar


“Uigan”ni endi Uve Ryosler boshqaradi
Ko'p yillar davomida bundesliga muxlislarini kiritgan ajoib gollari bilan xushnud etgan va hozirda murabbiylik sohasida faoliyat olib borayotgan Uve Ryosler “Uigan” jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Bu haqida fussballportal.de nashri xabar tarqatdi. Ryosler 2011 yildan buyon Angliya uchinchi divizioni vakili “Brentford” klubini boshqarib kelayotgan edi. Endi u chempionshipda omadsiz o'yinlar girdobiga tushib qolgan “Uigan” ni qabul qilib oladigan bo'ldi. Eslatib o'tamiz, “Uigan” rahbariyati ketma-ket muvaffaqiyatsizlikardan so'ng avvalgi bosh murabbiy Ouen Koylni ishdan bo'shatgan edi.

Fikrlar