Uganda bosh murabbiyi "Navruz Cup-2022"da ishtirok etish sababini aytdi
23 mar 2022 21:03
Yangiliklar


Uganda bosh murabbiyi "Navruz Cup-2022"da ishtirok etish sababini aytdi
Uganda bosh murabbiyi Milutin Sredoevichning takidlashicha, uning jamoasi bo'lajak Afrika millatlar kubogi oldidan jamoaga munosiblarni aniqlash uchun ushbu turnirdan foydalanadi.
"Biz "Navruz Cup-2022"dan Afrika millatlar kubogi turniri saralash bosqichida ishtirok etadigan jamoamizga munosib tarkibni shakllantirish uchun ushbu turnirda ishtirok etmoqchimiz. Uganda Premer-ligasida hamda boshqa ligalarda ishtirok etadigan o'yinchilar o'rtasidagi muvozanatni yuzaga keltirishga harakat qilamiz", — dedi u.
Eslatib o'tamiz, mazkur turnir 25-29 mart kunlari Namanganda o'tkaziladi. Uganda MTJ yarim finalda Tojikistonga qarshi maydonga tushadi.
O’xshash yangiliklar
17:32
Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi AQSHda yoxud "Navruz Cup-2025" musobaqasi haqida 2

Fikrlar