So’nggi yangiliklar

14:18"Бетис" Антонининг трансферини ҳал қилди — Here We Go!  0 13:54"Арсенал" 14 йилдан бери "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этолмаяпти  0 13:2239 ёшли Жеймс Милнер АПЛ тарихига кирди  2 12:54Доннарумма "Манчестер Сити"да — Here We Go!  1 12:25"Бешиктош"га янги мураббий тайинланди  0 12:01Шотландия клуби Қозоғистон терма жамоасининг икки футболчисини кузатмоқда  1 11:37Эдерсон 13-14 млн евро эвазига "Фенербахче"га ўтмоқда — Here We Go!  2 10:45"Милан" Адриен Рабьони сотиб олади  0 10:17ПСЖ футболчи фаолиятини "Фенербахче"да давом эттиришга яқин  0 09:48"Манчестер Сити" футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  3 09:21Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳо олишди?  8 08:52Ўзбекистон U-23 терма жамоаси сафида ўзгариш юз берди  2 08:25Sofascore. Кеча асосий таркибда майдонга тушган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 07:57Here we go! "Ливерпуль" АПЛ тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширмоқда  10 07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  29

Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi AQSHda yoxud "Navruz Cup-2025" musobaqasi haqida Yangiliklar

Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi AQSHda yoxud "Navruz Cup-2025" musobaqasi haqida

Sir emaski, bugungi kunda ko'plab yurtdoshlarimiz okean orti AQSHda istiqomat qilib kelishmoqda.

Ular orasida milliy qadriyatlar va urf-odatlarimizni saqlab qolish, Amerikada tug'ilib o'sayotgan yoki voyaga etayotgan yoshlarimizni Vatanga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida bu erda faoliyat olib borayotgan vatandoshlik jamiyatlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Shulardan biri sifatida "Mahalla USA" jamiyati tashabbusi bilan ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan futbol bo'yicha "Navruz Cup" musobaqasini aytish mumkin. Futbolning milliy qadriyatlarga qanday bog'liqligi bor degan haqli savol tug'iladi. Gap shundaki, bu musobaqa xalqimizning umrboqiy qadriyati bo'lmish "Navro'z" bayramiga bag'ishlab tashkil etiladi va unda AQSHning turli shtatlarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan vatandoshlik jamiyatlarining futbol jamoalari g'oliblik uchun o'zaro bahslashadi.



Bu safar ham anana o'zgarmadi. Hisob bo'yicha beshinchi marotaba tashkil etilgan musobaqalarda Qo'shma shtatlarning Kaliforniya, Tennessi, Illinoys, Ohayo (Ohio), Kanzas, Nyu-York va Nyu-Jersi shtatlaridan jami 15ta jamoa 3ta guruhda bahslarga kirishdi. Bu safargi musobaqaga Nyu-Jersi shtatida faoliyat ko'rsatib kelayotgan Amerikadagi ilk o'zbeklar uyushmasi - "Turkiston" jamiyati mezbonlik qildi.



Musobaqaga faxriy mehmon sifatida ikki karra Osiyoning eng yaxshi futbolchisi, uzoq yillar milliy terma jamoamizda muvaffaqiyatli to'p tepgan Server Jeparov tashrif buyurdi.

- AQSHga birinchi marta kelishim, - dedi biz bilan suhbatda Server Jeparov. - To'g'risi, hali sehrli diyor bilan yaqinroq tanishib ulgurmadim, aeroportdan kelishda Nyu Yorkni sirtdan tomosha qildim xolos. Endi musobaqaga kelsak, tashkilotchilik masalalari alo darajada. Jamoalar garchi havaskor maqomiga ega bo'lsada professional jamoalardek liboslarga ega. Futbolchilar ham anchagina mahoratli ekan. Ularning ayrimlari O'zbekistonda ham to'p tepishgan, katta futbolga begona emas. O'yinlarni kuzatib shunday xulosaga keldim, ular orasida bemalol O'zbekiston birinchiligi va hatto Pro-ligada ham o'ynab ketishi mumkin bo'lgan futbolchilar bor. Qisqasi, turnir menda iliq taassurot qoldiryapti. Shu o'rinda kelgusi jahon chempionati mezbonlaridan biri AQSH ekanligi va JCH saralash o'yinlarida milliy terma jamoamiz muvaffaqiyatli ishtirok etayotganini hisobga olsak, 2026 yilda yana bu yurtga kelishim va do'stim Temur Kapadze boshchiligidagi milliy terma jamoamizga muxlislik qilishim mumkin. Fursatdan foydalanib saralash o'yinlarida MTJga omad tilayman. Qolaversa bugun bu erda Amerikadagi yurtdoshlarimiz Navro'z bayramini nishonlashayotgan ekan, ularni ham  bayram bilan tabriklayman.




Darvoqe, "Navruz Cup-2025" futbol turniri azaliy qadriyatimiz bo'lmish Navro'z umumxalq bayrami tantanalariga ulanib ketdi. Doshqozonda osh, bahor taomi sumalak, turli sport musobaqalari va albatta diltortar kuy-qo'shiqlar... Ayniqsa O'zbekiston xalq artisti Izro Malakov ijrosidagi mumtoz qo'shiqlar yig'ilganlarga manzur bo'ldi.

Bevosita musobaqaga qaytsak, guruh bahslarii yakuniga ko'ra kuchli 8 jamoa pley-off bosqichiga yo'l oldi. Buyog'iga musobaqa olimpiya tizimida davom etdi. Yutganlar medal uchun kurashsa, mag'lub jamoa esa uyiga qaytadi.




Yarim final
"Uz Galaxy" (Kaliforniya) - "Lochin" (Kanzas) - 1:2
"Hamkor" (Ohayo) - "Dinamo" (Nyu-Jersi) - 0:1

3-o'rin uchun

"Uz Galaxy" - "Hamkor" - 2:2 (penaltilar seriyasi - 0:2)

Final
"Lochin" - "Dinamo" - 2:0

Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlar medal, kubok va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.


Otabek Eshmamatov Nyu-Jersidan maxsus

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика