So’nggi yangiliklar

02:28"Барселона" - Испаниянинг 28 карра чемпиони!  42 01:42Бруну Фернандеш: "Умид қиламанки, келаси йили энг яхшиси мен бўлмайман"  0 00:55Карим Бензема ва "Ал Иттиҳод" - Саудия Арабистони чемпиони!  3 00:35Альба шартномани узайтарди  0 23:57ЛаЛига. "Атлетико" сафарда мағлуб бўлди  1 23:20Россия термаси Осиёда Аргентинага қарши ўйнаши мумкин  6 22:59АПЛда мавсумнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодлар маълум!  6 22:28АПЛда мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  1 21:43Эрон. "Персеполис" мавсумни ишончли ғалаба билан якунлади, Остон Ўруновдан гол!  5 21:24АПЛда мавсум футболчиси ким бўлади? Номзодлар билан танишинг  5 20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  6 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  9 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  9 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  2 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  9

Uganda bosh murabbiyi Milutin Sredoevich: "O'zbekiston - Osiyo futbolining o'chog'i" Yangiliklar

Uganda bosh murabbiyi Milutin Sredoevich: "O'zbekiston - Osiyo futbolining o'chog'i"

"Navruz Cup-2022" musobaqasi doirasidagi Uganda - Tojikiston uchrashuvidan oldin Uganda bosh murabbiyi Milutin Sredoevich matbuot anjumanida qatnashdi.

"Birinchi navbatda O'FAga ushbu musobaqaga bizni taklif qilishgani uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Ushbu musobaqa bo'lajak rasmiy musobaqalarga tayyorgarlik vazifani o'tab beradi deb o'ylayman", - dedi Milutin Sredoevich.


- Ushbu musobaqadagi jamoalarning imkoniyatlarini qanday baholaysiz? 

- Bir faktni aytib o'tishim kerakki, O'zbekiston Osiyo futbolining o'chog'i hisoblanadi. Srechko Katanec Sloveniya terma jamoasi bilan Jahon chempionatida ishtirok etgani uning qanday kuchli murabbiyligini ko'rsatib turibdi. 

Ertangi raqibimiz Tojikistonga qarshi bor kuchimiz bilan o'ynab g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Petar Segrt Yurgen Klopp bilan birga bitta murabbiylik maktabida o'qigan. U ko'plab shogirdlarni etishtirib bergan. O'zbekiston va Uganda iqlimi farqli, agar ertaga shu narsa bizga halal bermasa g'alaba qozona olamiz. 

- Namanganga barcha kuchli futbolchilarni olib keldingizmi yoki jarohat olganlar bormi? 

- Jarohat olganlar bor, ammo men ular haqida aytib, yig'lab o'tirishni xohlamayman. Tarkibimizda bor futbolchilar bilan o'ynaymiz. 

- Nima uchun asosan Afrikada faoliyat olib borasiz? 

- Serbiyada juda samarali faoliyat olib borganman. Afrikadan taklif tushdi va uni qabul qildim. Bu erdagi 20 yillik faoliyatimda 17ta sovrin yutdim. Saudiya Arabistoni va boshqa arab davlatlaridan takliflarni rad qilganman. Afrikalik futbolchilarga mehr tarqataman va ularni yuqori darajaga olib chiqishga harakat qilaman.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика