"Ufa" O'runov bo'yicha "Spartak"dan rasmiy taklif olmagan
28 iyu 2020 14:50
Yangiliklar
"Ufa" O'runov bo'yicha "Spartak"dan rasmiy taklif olmagan
"Ufa" bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rinay SHaybekov klubda kutilayotgan transferlar, Oston O'runov va Daniil Fominning Moskvaning "Spartak" klubiga o'tishi haqida gapirdi.
"Biz futbolchilarimiz bo'yicha "Spartak"dan rasmiy xat orqali aniq taklif olmadik. Yangi futbolchilarga kelsak, muzokaralar davom etmoqda, ammo rasman shartnoma imzolanmaguncha ismlarni ayta olmayman.
Hozircha biz "Krasnodar"dan Artyom Golubevni xarid qilganimizni ayta olaman, Boyan Yokich, Aleksey Nikitin va Aleksandr Suxov bilan shartnoma uzaytirildi", - deydi SHaybekov.
Oldinroq, O'runovning transferi "Spartak" uchun 2 million evroga tushishi haqida xabarlar yangragan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar